|
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
|
bet | 2/10 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 2,81 Mb. | | #263944 |
Bog'liq TAYYOR Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi kunda fan-texnika rivojlanib borgan sari hisoblash matematikasining roli ortib bormoqda. Shu jumladan hisoblash matematikasi usullaridan fizika, mexanika va astronomiya, termodinamika, hamda iqtisodiy masalalarni yechishda foydalaniladi. Bu sohalardagi jarayonlarning matematik modellarini qurishda va ular bilan bog`liq vujudga keladigan masalalarni hal qlishda foydalaniladi.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishini yozishda matematika ta’lim yo’nalishi Oliy o’quv yurti talabalariga o’qitiladigan o’lchovlar nazariyasi, matematik analiz fanlari mavzularini bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg`ulot darslarini mazmunli tashkilllashtirish bo’yicha mulohaza va takliflar berilgan. Kurs ishi o’z qamroviga quyidagi maqsadlarni qamrab olgan:
Birinchidan, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan “Matematika” fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlarini nazariy va amaliy tahlil qilish;
Ikkinchidan, “Matematika” fanini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish yo‘llarini yoritish;
Uchinchidan, oliy ta’lim muassasalarida “Matematika” fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti. O’lchovlar nazariyasi, matematik analizda muhim sanalgan birinchi tur egri chiziqli integrallar va ikkinchi tur egri chiziqli integrallarni tahlil qilish. Birinchi tur egri chiziqli integrallar va ikkinchi tur egri chiziqli integrallar tadbiqlarini o`rganish.
Kurs ishining vazifasi: Zamonaviy matematika, ular asosidagi nazariyalar, formulalarni tushunadigan fan rivojiga hissa qo’shadigan, fan ravnaqini takomillashtira oladigan hamda xalq xo`jaligining turli sohalariga tadbiq eta oladigan oliy toifali mutaxassislarni tayyorlash.
Kurs ishi nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar “Matematika” fani bo‘yicha tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqish uchun amaliy dastur bo‘lishi mumkin. Olingan xulosa va bildirilgan takliflardan ta’lim muassasalari faoliyatida, matematika fanini o‘qitishda va takomillashtirishda foydalanish mumkin. Kurs ishidan “Matematik analiz” fanidan boʻladigan amaliy mashgʻulotlarda, seminar mashgʻulotlarida foydalanishimiz mumkin.
|
| |