|
Dizaynda kompyuter texnologiyalari
|
bet | 1/17 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #243468 |
Bog'liq Shohdiyor kurs ishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN
VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA-INFORMATIKA KAFEDRASI
5110100–Matematika va Informatika ta’lim yo‘nalishi
402-guruh talabasi
JUMABOYEV SHOHDIYORNING
“DIZAYNDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI”
mavzusidagi
Informatika o’qitish metodikasi fanidan
Kurs ishi
Ilmiy rahbar:
QO‘QON – 2023-2024-y.
MUNDARIJA.
KIRISH……………………………………………………………………….3
I-BOB. I bob. DIZAYN ASOSLARI
1-§. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari ......................................5 2-§. Kulrang tuslar (Grayscale).………………………………………………8
3-§. Printer imkoniyati va tasvir imkoniyati.………….………...…………13
4-§. Vektor formatlar. ………………………………...……………………20
5-§. Grafik muharririarda ishlashning umumiy tamoyillari.………………………………………………………………….28
XULOSA……………………………………………………………………31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….……32
KIRISH
XXI asr haqiqatdan ham axborot texnoloyiyalar asri ekanligini tan olish joiz, chunki biz yashab turgan ushbu davrda axborotlar oqimi shu darajada jadal rivojlanib bormoqda-ki, bu jarayonni ko‘rmaslik muinkin emas va har birimiz usbu jarayonning ma’lim ma’noda ishtirokchisiga aylanib ulgurdik.
Zamon taiablari va sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda «Kompyuter grafikasi va dizayn» fani har bir soha bilan uzviy bog‘lanib, unga bo!lgan ehtiyoj tobora o‘shib borayotganligini kuzatish qiyin emas.Ma’lumki, axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali hisoblanadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta'sir etadi. Ammo axborot almashinuvi nafaqat so‘ziar va tovushlar, balki tasvirlar, ranglar va shakllar bilan ham amalga oshiriladi. Buning yorqin dalili sifatida tnrii xil kitoblar, daftar va jumallar muqovalari, ko‘chalar yoqasida va binolar peshtoqida ilingan reklamalar, ommaviy axborot vositasi bo‘lgan televideniye orqali uzatilayotgan turli xildagi kinolar, klipiar va boshqa ijtimoiy-madaniy ko‘rsatuvlar, gazeta va internet orqali berilayotgan manbalarning naqadar did bilan ishlanganligi, uyali aloqa vositalarining platformalaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Albatta, ushbu ishlar zamirida yurtimiz iqtisodiyotini ichki va tashqi bozorda yanada mustahkamlash va xalq farovonligini ta’minlash uchun o‘zining intellektual qobiliyatlarini namoyon etadigan yuksak malakali mutaxassis kadriar tayyorlash kabi vazifalarga bog‘liq ravishda oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati -va moddiy- texnik ta’minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g ‘risida» 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son qarori hamda «Axborot-kom- munikatsiva texnologiyalari sohasida kadriar tayyorlash tiziminiyanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-son qarori, shuningdek, «2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturi» oliy ta’lim sohasida qator yo'nalishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatish va ta’lim mazmunini takomillashtirishni talab etdi. Jumladan, o ‘quv va ilmiy laboratoriyaiami lingafon kabinetlari hamda ulardagi ilmiy asbob-uskunalari, jihozlari zamon talabiga mos ravishda yangilanishini jadallashtirish, fanning eng ilg'or yutuqlari bilan boyitilgan o ‘quv adabiyotlari, zamonaviy kompyuter texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari bilan ta’minlash, axborot resurs markazlarining avtomatlashtirilishi va Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyatini yaratish kabi vazifalar belgilangan. Hozirgi kunda ushbu vazifalarga bog'liq ravishda respublikada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yangi o'quv adabiyotlami yaratish, axborot resurs markazlariga joylash- tirish va ulardan samarali foydalanishni rivojlantirishga alohida e ’tibor qaratilayotganini ko'rish mumkin.
Ushbu vazifalarga bog‘liq ravishda mazkur o ‘quv qo‘llanma yurtimiz oliy ta'lim tizimidagi bakalavr bosqichida o'qitiladigan «Kompyuter grafikasi va dizayn» o'quv fani mazmunini yoritishga bag‘ishlangan. Kompyuter grafikasi va dizaynning qo'llanish k o ’lami juda ham keng bo‘lib, avvalo ushbu sohaning vizualligi va dizayni diqqatga sazovordir. Grafik dizaynda o‘lcham, shakl, rang teksturasi, kompozitsiya, ko‘chirish va shriftlar muhim ahamiyatga ega. Berilgan topshiriqni mavjud grafik dasturlarda bajarish va kerakli natijaga erishish uchun shakllar, shriftlar va ulaming o ‘lchamlari bilan ishlash, ularga rang berishda rang modellari va tekstura haqida tasavvurga ega bo'lish, kompozitsiyani bilish, tasvimi kompyuter ekraniga chiqarish va u bilan bog'liq amallarni bajarish foydalanuvchidan ma’lum darajada geometrik bilimlarni talab etadi. Jumladan, obyektlami tekislikda va fazoda almashtirish. proeksiyalash, fazoda tasvirlash, ko'rinmas chiziq va sirtlarni oiib tashlash, bo'yash, numing yo‘nalishini kuzatish, rang modellari haqidagi ma’lumotlar qoilanm ada o 'z aksini topgan.
Keltirilgan nazariy m a’lumotlar asosida real obyektiami yaratish, ikki va uch o’lchovli grafika sohasida ilovalar yaratish uchun keng tarqalgan amaliy dasturiy interfeyslardan biri hisob- langan OpenGL muhiti qarab chiqilgan. OpenGLda axborotlar birligi uchlar hisoblanadi va ular yordamida murakkab obyektlar quriladi. Dasturchi uchlami yaratadi va ularni qanday birlashtirish (chiziqlar yoki ko'pburchaklar orqali) kerakligini ko‘rsatadi, kamera va chiroq koordinatalari hamda parametrlarini o‘rnatadi, OpenGL esa ekranda tasvirni yaratish ishi bilan shug‘ullanadi. OpenGL dasturchilar uchun katta bo'lmagan uch o ‘lchovli salinani qurishda juda ham qo‘l keladi. Uch o‘lchovli grafika algoritmlarini amaiga oshirish tafsilotlari haqida o ‘ylashga esa hojat yo‘q. Uch o‘lchovli dasturlashtirish bilan shug'ullanuvchi professionallar uchun ham kutubxona foydali, chunki u asosiy mexanizmlarni namoyon etadi va belgilangan avtomatlashuvni bajaradi. OpenGL apparatga bog‘liq boimagan kutubxona hisoblanadi. OpenGL dan foydalanib uch o ‘lcnovli sahnani osongina yaratish, unga teksturalar qo‘yish, yorugiik manbalari bilan yoritish, shaffoflik, tuman effektini berish, ranglarni aralashtirish, shuningdek, trafaret joylashtirish, sahna obyektlarini, kameralar va chiroqlami belgilangan trayektoriya bo'yicha harakatlantirish, aynan animatsiya tayyorlash mumkin.
|
| |