|
Grafik muharririarda ishlashning umumiy tamoyillari
|
bet | 14/17 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,38 Mb. | | #243468 |
Bog'liq Shohdiyor kurs ishiGrafik muharririarda ishlashning umumiy tamoyillari.
Ixtiyoriy grafik muharrirda ishlash odatda quyidagi ketmaketlikda bajariladi:
1. Yangi faylni yaratish yoki mavjudini ochish.
2. Obyekt yoki sohani ajratish. Bu ajratilgan soha uchun ma’lum bir vositalarni yoki effektlarni qoMlash uchun qilinadi.
3. Effektni tashkil qilish yoki grafik panelda uni belgilovchi sichqoncha yordamida vosita aktivlash va shu vosita bilan ishlash.
4. Tasvir oynasining bo‘sh joyida sichqoncha yordamida obyektdan belgilashni olib tashlash.
5. Faylni saqlash.
Ba’zida grafik muharrirlar, ayniqsa, CorelDRAW uzoq «o‘ylaydi», bunday holatda sabr qilish va uning ishini to'xtatishga urinmaslik, ayniqsa, agar sizga hech narsa bilan band emasdek va diskka hech narsa yozmayotgandek tuyulsa ham kompyutemi qaytadan ishga tushirish kerak emas.
Kitobda dastuming vositalariga, buyruqlariga va boshqa elementlariga, hamda sichqoncha va klaviatura bilan ishlashga doir ba'zi maxsus terminlar ko'p uchraydi. Keyinchalik bunday savollarga to‘htalmaslik uchun ko'p foydalanadigan tushunchalar bilan tanishib chiqamiz:
® Sichqonchani bosing. Bu bilan biz sichqonchaning chap tugmasini bir marta sekin bosishni tushunamiz. Sichqonchani ikki marta bosish - bu ketma-ket tez ikki marta bosish kerak.
• Obyektlarni o‘tkazish. 0 ‘tkazish quyidagilar bilan ifodalanadi: biror bir obyekt sichqonchaning chap tugmasi bosilib belgilanadi, tugmani qo‘yib yubormasdan sichqonchani kerakli holatga joylashtiriladi va shundan so'ng tugma qo‘yib yuboriladi. Obyekt yangi holatda joylashgan boMadi.
• Obyektlar guruhini ajratish va ramkali ajratish. Obyekt guruhlarini ajratish uchun ko'p dasturlarda Shift klavishasini bosgan holda ketma-ket obyektlar ustida sinqonchani bosib ketish orqali bajariladi.
• Atributlar paneli, parametrlar palitrasi - hujjat oynasining yuqori qismida joylashgan faol asboblaming parametrlaridan tashkil topgan panel.
• Qator ko‘rinishi. Ochilgan hujjat oynasining quyi qismida joylashgan va bajariladigan buyruqlaming parametrlari va hujjat haqidagi m a’lumotdan iborat,
• Kontekst menyu. Obyekt ustida sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilganda paydo bo'lib, u ayni paytda unga tegishli bo‘lgan buyruqlar to‘plamidan iborat.
• Qaynoq klavishalar va klaviaturadagi qisqartirishlar. Asboblarga va buyruqtarga murojaatni tezlashtiruvchi vositadir. Asbobning qaynoq klavishasi odatda uning nomi oldida ko‘rsatilgan bo‘!adi. Unda foydalanish uchun asboblar palitrasini faollashtirish va ko‘rsatilgan klavishani bosish kerak. Qaynoq klavisha bo'yicha menyu buyruqlarini chaqirish uchun Alt klavishasini bosish va qo‘yib yubormaslik talab qilinadi; buyruqlaming qaynoq klavishasi uning nomi tagiga chizilgan chiziq orqali ifodalanadi. Bundan tashqari. buyruqlarga tez murojaat qilish uchun ularga klavishalar mosligi-menyuda buyruq nomining o‘ng tomonida ko‘rsatilgan klaviaturadagi qisqartirishlar beriladi.
• Suzib chiquvchi yordam. Sichqonchani asbobga yoki buyruqqa olib borganimizda paydo bo‘luvchi qator. U asbobning nomini yoki u bajaradigan funksiyalarni ko‘rsatadi.
• OK, Cancel, Apply, Yes, No, Back, Next va boshqa tugmalar muloqat oynalarida paydo boiib, barcha dasturlarda ulaming vazifasi bir xil.
|
| |