|
M artikova, M. Tursunova boshlang‘ich sinf o‘quv mashg‘ulotlariga interfaol usullar tatbiqi andijon 2012
|
bet | 23/71 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 236,88 Kb. | | #155384 |
Bog'liq M. artikova, M. Tursunova-fayllar.orgXI. Darslik bilan ishlash.
Uy hayvonlari nima uchun boqiladi?
O’lkamizning tabiati nihoyatda go’zaldir. Hayvonlar inson qadami yetgan hamma joyda
uchraydi. Odamlar ulardan sigir, qo’y, ot, tuya, echki, it, mushuk va quyonni uyda boqadilar.
Shuning uchun ularni uy hayvonlari deb yuritiladi. Uy hayvonlari odamlarga foyda keltiradi.
Bizning respublikamizda uy hayvonlari oziq mahsulotlari va sanoat xomashyosi (teri, jun)
yetishtirish uchun boqiladi. Buning uchun jamoa va fermer xo’jaliklari tashkil etilgan.
Qoramollar
Qoramollarning turli zotlari bor. Ko’p sut beradigan zotdor qoramollar ko’paytirib boriladi.
O’lkamizda qoramollar bahor, yoz va kuzda, asosan, yaylovda boqiladi. Qishda esa g’amlab
qo’yilgan hashaklar bilan oziqlanadi. Qoramollarga silos, kunjara, shulxa kabi ozuqalar beriladi.
Sigirlar har yili bittadan bolalaydi. Ayrim hollarda ikkita ham tug’ishi mumkin. Buzoqlar 2-3 yilda
voyaga yetadi. Bitta sigirdan bir kunda o’rtacha 8-10 litr sut sog’ib olinadi. Ular 15-20 yil yashaydi.
Qo’ylar
Qo’ylar, asosan, go’shti va juni uchun boqiladi. Ona qo’y 10-15 yil yashaydi. Har yili bitta
yoki ikkitadan qo’zilaydi. Qo’zichoqlar bir yilda voyaga yetadi. Qo’chqor esa 1-2 yil bo’rdoqiga
boqilib, go’shtga topshiriladi. Qo’ylar junidan ip yigiriladi va issiq kiyim-kechaklar to’qiladi.
Qo’ylarning qorako’l, hisor kabi zotlari ko’proq boqilib ko’paytiriladi. Qorako’l qo’yning terisidan
telpak, paltoning yengi va yoqalari tikiladi. Hisor qo’ylari eng yirik zotli qo’ylar hisoblanadi.
Bunday qo’ylar go’sht va yog’i uchun boqiladi. Qo’ylar tog’ va cho’l yaylovlarida katta poda qilib
boqiladi.
Otlar
Dunyoda otlarning 205 tadan ortiq zotlari mavjud. Ulardan O’zbekistonda 8 xil zoti bor.
Qorabayir, Arabi oti, Vladimir otlari ko’p uchraydi. Qadimdan ot transport vazifasini bajargan.
Unga minib, uzoq joylarga borganlar, jang qilganlar. Hozirgi kunda ham qishloq joylarda otlardan
foydalaniladi. Ayniqsa, mol va qo’ylarni boqishda cho’ponlar otda yurishadi. Ot go’shti iste’mol
qilinadi, sutidan qimiz tayyorlanadi. Biya har yili bitta, ayrim hollarda ikkita bolalaydi. Yangi
tug’ilgan toychoq qulun, ikki yoshlisi toy, uch yoshdagisi qo’non va to’rt yoshlisi do’non deyiladi.
|
| |