3-Mavzu.
Zararkunanda dasturlarning turlari.
Topshiriq: 1
Mavzu: Troyan viruslar
Kompyuter texnologiyalari sohasida
troya oti jumlasi foydalanuvchilarni oʻzining
asl niyatidan chalgʻitgan holda ularning kompyuterlariga oʻrnashib oluvchi har
qanday zararli dasturlarning umumiy taʼrifiga qoʻllaniladi. Ushbu
atama Troya shahrining vayron boʻlishiga olib kelgan mashhur troya
oti haqidagi qadimgi yunon hikoyasidan olingan.
Troyanlar (troya oti virusli dasturining qisqacha nomi) odatda
ijtimoiy
muhandislik (social engineering)ning baʼzi shakllari orqali tarqaladi. Misol
uchun,
foydalanuvchiga shubhaliboʻlmagan koʻrinishda (masalan, muntazam
toʻldiriladigan anketa) yoki i
jtimoiy tarmoqlarda va saytlarda soxta reklamalar
ustiga bosish orqali elektron pochta ilovasini kiritish davomida aldanib qolish kabi
holatlar shular jumlasidandir. Ularning foydali dastur
ekanligini ifodalovchi har
qanday jihati boʻlishi mumkin.
Biroq, troyanlar kompyuter texnologiyalari davrida
yashirin orqa eshik vazifasini
bajaradi. Dastur foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgandan soʻng, zararlangan
kompyuterga
ruxsatsiz kirish huquqiga ega boʻlgan boshqaruvchi bilan
bogʻlanadi. Ransomware (tovlamachi dastur) hujumlari koʻpincha troyanlar
yordamida amalga oshiriladi. Kompyuter viruslari, qurtlar va
ishonsiz xavfsizlik
dasturlaridan farqli oʻlaroq, troyanlar odatda oʻzlarini boshqa fayllarga kiritishga
yoki gʻayrioddiy yoʻllar bilan tarqatishga urinishmaydi
[
Bajarilgan ish: 8
Pedagogok texnologiyalar
“Talaba”
Oʻrnatilgandan soʻng, troyanlar bir qator zararli harakatlarni amalga oshirishlari
mumkin. Koʻpchilik Internet boʻylab bir
yoki bir nechta "Command and
Control" (C2 — Buyur va Boshqar) serverlari bilan bogʻlanishadi va
koʻrsatmalarni kutishadi. Baʼzi bir shaxsiy troyanlar odatda ushbu aloqa uchun
maʼlum bir portlar toʻplamidan foydalanganligi sababli ularni aniqlash nisbatan
oson boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, boshqa virusli dasturlar
troyanni zararli
harakatlar uchun
proksi-server (yordamchi tizim) sifatida ishlatishi mumkin.
Nemis tilida soʻzlashadigan mamlakatlarda hukumat tomonidan ishlab chiqilgan
josuslik dasturlari (Spyware) baʼzan
govware(gov-veyr
) deb ham ataladi. Govware
odatda maqsadli ravishda kompyuter aloqalarini toʻxtatish uchun ishlatiladigan
troyan dasturlaridan biridir. Shveysariya va Germaniya kabi baʼzi mamlakatlarda
bunday dasturiy taʼminotdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunchilik bazasi
ham mavjud. Govware troyanlariga misollar qatoriga Shveysariya MiniPanzer va
MegaPanzeri
.
hamda R2D2 laqabli nemis „davlat troyan“lari (statsrojaner) ham
kiradi. Nemis govware dasturi keng jamoatchilikka nomaʼlum boʻlgan xavfsizlik
boʻshliqlaridan foydalanish va boshqa ilovalar orqali shifrlangan smartfon
maʼlumotlariga
kirish orqali ishlayd