9- MA’RUZA
Materiallarning elektr fizik va elektr kimyoviy usullari bilan qayta ishlash.
Reja
9.1.Elektroliz
9.2.Golvanik elementlar.
9.1 Elektroliz.
Elektrokimyo - fan sifatida
ionlar faoliyati va shuningdek, qattiq jism va
qorishma o„rtasidagi chegaradagi xodisalarni o„rgatadi. Bunday xodisalarni
o„rganishda qorishma
sifatida elektrolitlar asos qilib olinadi.
Elektolitlar deb, elektrolitik dissotsiatsiya natijasida ionlar harakatidan
iborat elektr tokini o„tkazish qobiliyatiga ega bo„lgan moddalar, qorishma va
eritmalarga aytiladi. Metallar va yarim o„tkazgichlardan farqli o„laroq
elektrolit
qorishmalari va eritmalari
ion o‘tkazuvchanligiga ega.
Elektrolitik dissotsiatsiya deb moddalarning (molekulalarning)
erish yoki
qorishish davrida zaryadlangan ionlarga ajralish jarayoniga aytiladi. Bunda,
dissotsiatsiya oqibatida hosil bo„lgan musbat va manfiy ionlar soni bir - biriga
tengdir. Musbat ionlar o„zidan bir yoki bir nechta elektronini yo„qotgan atom yoki
molekulani ifodalasa,
manfiy ionlar esa, aksincha bir yoki bir nechta ortiqcha
elektronga ega bo„lgan atom yoki molekulalarni ifodalaydi. Misol uchun, osh
tuzini suvda eritish oqibatida uning molekulasi ikki ionga
ajraladi, ya‟ni
Na
+
va Cl
-
.
Elektrolitlarda dissotsiatsiya jarayoni bilan bir paytda unga teskari bo„lgan,
ya‟ni ionlarning alohida molekula bo„lib birlashish jarayoni amalga oshiriladi.
Bunday jarayon
molizatsiya deb ataladi.
Elektrod - elektrod tizimida metallda ham, elektrolitda ham xuddi o„sha
ionlar mavjud. Metallda ushbu ionlar krisstall reshyotka (katak) tugunlarida
joylashgan bo„lsa, elektrolitda ushbu ionlar erituvchining
molekulalari bilan
bog„langan bo„ladi. Ionni kristall katak (reshyotka) tugunidan elektrolitga o„tishi
uchun ma‟lum energiya sarflanishi kerak. Ushbu energiya
ionning metalldan