9- ma’ruza materiallarning elektr fizik va elektr kimyoviy usullari bilan qayta ishlash




Download 380.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana20.02.2022
Hajmi380.52 Kb.
#17839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
9-Ma\'ruza
Toshboltayeva Sevinch, H ALIHUJAYEV 109 guruh talabasi, komment D.Mamadiyarova, Grey minimalist business project presentation
Mis elektrolizi 
Mis elektrolizidan maqsad, eritish usuli bilan maxsus pechda olingan, 
tozalanmagan mis quymasi tarkibidan keraksiz qo„shilmalarni tozalash va 


shuningdek, mis quymasi tarkibidagi sof va turli rangli metallarni ajratib olish va 
natijada toza elektrotexnik mis hosil qilishdan iboratdir. 
ushbu jarayon quti (yao„ik) tipidagi elektroliz vannalarida amalga oshiriladi. 
mazkur vannalarga tozalanmangan mis quymasidan iborat anodlar o„rnatilib, ular 
orasiga yupqa, toza misdan iborat katodlar joylashtiriladi. shundan so„ng vannaga, 
o„zidan mis kuporosining suvdagi eritmasini ifodalovchi, elektrolit to„ldiriladi. 
elektrolit qarshiligini kamaytirish uchun eritma sulpfat kislotasi bilan boyitiladi. 
anodlarning har biri o„zidan massasi 300 kg ga, qalinligi 35-45 mm ga teng 
bo„lgan plitalarni ifodalaydi, katodlar esa qalinligi 0,6-0,7 mm bo„lgan, elektrolitik 
misdan yasalgan plastinalarni ifodalaydi. katod elektrodlarini maxsus shtangalarga 
osish uchun ularga quloqchalar-ilgaklar payvandlangan bo„lib, qo„shni katod va 
anod elektrodlari orasidagi masofa 35-40 mm ni tashkil etadi. 
vannadan doimiy tok o„tkazilganda tozalanmagan mis (anodlar) erishi va 
natijada toza misning katod elektrodlarga o„tishi amalga oshadi. bunda anod 
tarkibidagi sof metall va boshqa qo„shilma (element) lar o„ziga xos cho„kma hosil 
qiladi. 
elektroliz jarayoni vannadagi kuchlanishning qiymati 0,3-0,35 v ni tashkil 
qilganda boshlanadi. tokning zichligi esa mayda donador, zichligi katta bo„lgan 
tekis mis katodi olish shartlaridan kelib chiqib cheklab boriladi. tozalanmagan mis 
zichligiga ko„ra tok zichligi 180-270 a/m
2
ni tashkil qiladi. tokka ko„ra chiqish 
ishining real qiymati 92-98% ni tashkil qiladi. elektr energiyasining solishtirma 
sarfi toza misga nisbatan 200-379 kvt. soat/tonna ni tashkil qiladi. 
katodlar va anodlar vannada parallel ulanib, vannalar esa ketma – ket 
ulanadi (multipl sistemasi). vannada elektrodlarning ketma-ket ulanishi (seriy 
sistemasi) kamdan kam qo„llaniladi. 
elektrolit harorati 333+3 k darajada ushlab turiladi. 
elektroliz vannalarida shuningdek o„ziga xos, ya‟ni spetsifik usulida rux 
elektrolizi, alyuminiy elektrolizi kabi texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. 
bunda alyuminiy olish texnologik jarayoni katta miqdordagi elektr energiyasi 
sarfini talab qiladi. alyuminiy olish uchun elektr energiyasini solishtirma sarfi 14 
000–16 000 kvt.soat/tonna ni tashkil qiladi, xususan 1 tonna alyuminiy olish uchun 
energiya sarfi 16000+500 kvt. soatni tashkil qilgan hol uchun 1 kvt. soat energiya 
sarfiga 60-77 g miqdorida metall olinadi. 
elektroliz qurilmalarini o„zgarmas tok bilan ta‟minoti o„zgarmas tok 
generatorlari yoki sanoat chastotasidagi o„zgaruvchan tokdan o„zgarmas tokka 
aylantirib beruvchi yarim o„tkazgichli to„g„rilagich agregatlari tomonidan amalga 
oshiriladi. hozirgi kunda foydali ish koeffitsienti 97-99% ni tashkil qiluvchi 
kremniyli to„g„rilagich agregatlaridan foydalanish keng tarqalgan. 
o„zgaruvchan tokni o„zgarmas tokka aylantirish uchun mo„ljallanagan 
podstansiyalar o„zguruvchan tokni taqsim-lash qurilmasi, kuchlanishni boshqarish 
qurilmasi bilan ta‟minlangan kuch transformatorlari, yarim o„tkazgichli agregatlar, 
o„zgarmas tokni taqsimlash qurilmalari va o„z extiyojlarini qondirish qurilmalari 
majmuidan iboratdir.


quvvati katta bo„lgan elektrolizerlarda qo„l-lanayotgan tok o„zgartirgichlar 
elektroliz qurilmalari seriyasiga komutatsion apparatlar yordamisiz bevosita 
ulanadi. 
nisbatan katta quvvatga ega bo„lmagan elektroliz qurilmalari 
o„zgartirgichlari esa bir paytni o„zida „imoyalovchi apparat „isoblanuvchi avtomat 
ulagichlar (vqklyuchatellar) yordamida ulanadi.
elektroliz vannalari elektr manbasiga alohida paketlarga terib chiqilgan 
to„g„ri burchakli shinalar majmuadan iborat maxsus shinalar orqali ulanadi. ushbu 
shinalar odatda alyuminiydan yasalib, korroziya tufayli alyuminiy ishlatib 
bo„lmaydigan xollarda, misdan yasaladi. shinalarning kesim yuzasi, tokning 
iqtisodiy zichligiga ko„ra tanlanadi. elektroliz jarayoni uchun alyuminiy shinalariga 
bu kattalik 0,3-0,4; mis shinalariga 1,0-1,3 hamda cho„yan va po„lat shinalariga 
0,15-0,12 a/mm
2
ni tashkil etadi. 
elektroliz vannalaridagi ishchi tok o„nlab, ayrim hollarda esa, yuzlab kiloamperni 
tashkil qilgani sababli shina o„tkazgichlari kesim yuzalari to„g„ri to„rtburchak 
yuzali shinalardan yiilib, sovitish maqsadida xar bir shina orasida shina qalinligiga 
teng bo„lgan masofa qoldiriladi. shinalarning qizishi oqibatida uzayishini 
kompensatsiya qilish maqsadida, shinalarning to„g„ri uchastkalarida har 20-25 m 
masofada 
egiluvchan 
shinalardan 
iborat 
kompensatorlar 
o„rnatiladi. 
podstansiyadan elektroliz sexigacha elektroenergiya uzatuvchi shinalar maxsus 
estakadalarga o„rnatilgan holda montaj qilinadi, alohida elektroliz vannalari 
o„rtasidagi shinalar esa, usti temir beton plitalar bilan berkitiluvchi kanallarda 
montaj qilinadi 

Download 380.52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 380.52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



9- ma’ruza materiallarning elektr fizik va elektr kimyoviy usullari bilan qayta ishlash

Download 380.52 Kb.
Pdf ko'rish