XI. Darslik bilan ishlash.
Inson va tabiat.
6
Atrofimizdagi barcha narsa-osmondagi Quyosh, oy, yulduzlar, havo, suv, tog’lar, tekisliklar,
o’simliklar, hayvonlar-bularning hammasi tabiat. Odam ham shu tabiatda yashaydi. O’ziga kerakli
barcha narsani tabiatdan oladi.
Tabiat juda boy. Biz o’z ehtiyojimiz uchun neft, ko’mir, gaz, temir va boshqalarni yerdan
qazib olamiz. Keng dalalarga har xil ekinlar ekib, hosilini iste’mol qilamiz. Mevali bog’lar bunyod
etamiz. Dala, qir, tog’larda sigir, qo’y, echkilarni boqamiz, Shunday ekan, biz tabiatni asrashimiz,
unga g’amxo’rlik qilishimiz kerak.
Shaharlarda har xil korxonalar qurib, ularda o’lkamizga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari,
kiyim-kechak. Turli mashinalar, ishlab chiqaramiz. Bularning hammasi tabiatga ta’sir etadi. Havo,
suv ifloslanishi, o’simlik va hayvonlar kamayishi mumkin.
Shuning uchun ham biz tabiatni, uning boyliklarini asrashimiz kerak.
Tabiatni, yovvoyi hayvonlar va o’simliklarni asrab qolish, o’rganish va ko’paytirish uchun
milliy bog’lar, qo’riqxonalar tashkil etiladi.
Mamlakatimizda asrab ko’paytirilayotgan noyob yovvoyi hayvonlar va o’simliklar “
Ozbekiston Qizil kitobi” ga kiritilgan.
XI. Mustahkamlash: O’quvchilarga ochiq testlar tarqatiladi. Ular quyidagicha bo’lishi
mumkin.
1. Yerdan qazib olinadigan tabiiy boyliklar qaysilar?
a) bug’doy, paxta
b) neft, ko’mir, gaz
c) mevalar va sabzavotlar
2. Milliy bog’lar va qo’riqxonalar qanday maqsadda tashkil etiladi?
a) insonning shaxsiy manfaatlari uchun
b) namlikni saqlash maqsadida
c) tabiatni, yovvoyi hayvonlar va o’simliklarni saqlab qolish, o’rganish va ko’paytirish
uchun.
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida fuqarolarning atrof-
muhitga munosasbati to’g’risida so’z yuritilgan?
a) 40-modda b) 51-modda c) 39-modda
|