muharrir A.Bahromov).7-nashr. T.: Cho’lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2010.35-b.
b) tarbiyaviy maqsad: bolalarni tabiatga ongli munosabatda bo’lishga, yashil olam
go’zalliklaridan zavqlanishga, o’simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga o’rgatish;
c) rivojlantiruvchi maqsad: mehnatsevarlik tuyg’ularini, daraxt va gullarni, uy hayvonlari
va parrandalarini parvarish qilish hamda ko’paytirishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
III. Asosiy tushuncha va atamalar: Inson, tabiat, oy, yulduzlar, havo, suv, tog’lar,
tekisliklar, o’simliklar, hayvonlar, neft, gaz, ko’mir, temir, “O’zbekiston qizil kitobi’ va boshqalar.
IV. O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan BKM elementlari:
Bilimlar:
-
tabiat haqida tushuncha hosil qilish;
-
inson o’z ehtiyojlari uchun nimalardan foydalanishini bilish;
-
insonning ishlab chiqarish jarayoniga ta’sirini bilish;
-
“O’zbekiston qizil kitobi” haqida bilish.
Ko’nikma va malakalar:
-
qo’riqxonalar faoliyati haqida gapirish;
-
qizil kitobdan unga kiritilgan o’simlik va hayvonlarni ajratish;
-
ekologik muammolarni barataraf etish yo’l-yo’riqlari haqida gapirish.
V. Darsning metodi: “ Keys-stadi”.
VI. Dars shakli: suhbat-ma’ruza.
VII. Dars usuli: savol-javob, tayyor yozma materiallar va ko’rgazmalar usulida.