• 3 – DARS. O’zgaruvchilar. (VARIABLES)
  • 1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot




    Download 4.49 Mb.
    bet2/89
    Sana17.02.2023
    Hajmi4.49 Mb.
    #42579
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
    Bog'liq
    C kitob TAYYOR
    Algoritm, Quyidagi chiziqli ifodalarni algoritmni matn va blok, C , Hayot faoliyati xavfsizligini ta\'minlahga oid xalqaro tajriba va
    2 – DARS. TIL TUZILISHI.


    1. Alfavit, identifikator, xizmatchi so’zlar.

    Alfavit. C++ alfavitiga quyidagi simvollar kiradi.


    • Katta va kichik lotin alfaviti xarflari (A,B,..,Z,a,b,…,z)
    • Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9
    • Maxsus simvollar: “ , {} | [] () + - / % \ ; ‘ . : ? < = > _ ! & * # ~ ^
    • Ko’rinmaydigan simvollar (“umumlashgan bushliq simvollari”). Leksemalarni uzaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bushlik, tabulyatsiya, yangi qatorga o’tish belgilari).
    Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa literalar, masalan rus xarflarini ishlatilishi mumkin.
    C++ tilida olti khil turdagi leksemalar ishlatiladi: ehrkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, khizmatchi suzlar, konstantalar( konstanta satrlar), amallar( amallar belgilari), azhratuvchi belgilar.
    Identifikator.Identifikatorlar lotin xarflari,ostki chiziq belgisi va sonlar ketma ketligidan iborat buladi. Identifikator lotin xarfidan yoki ostki chizish belgisidan boshlanishi lozim.
    Misol uchun:
    A1, _MAX, adress_01, RIM, rim
    Katta va kichik xarflar farklanadi, shuning uchun ohirgi ikki identifikator bir biridan farq qiladi.
    Borland kompilyatorlaridan foydalanilganda nomning birinchi 32 xarfi ,ba’zi kompilyatorlarda 8 ta xarfi inobatga olinadi. Bu holda NUMBER_OF_TEST va NUMBER_OF_ROOM identifikatorlari bir biridan farq qilmaydi.

    Xizmatchi so’zlar. Tilda ishlatiluvchi ya’ni dasturchi tomonidan uzgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin bulmagan identifikatorlar xizmatchi so’zlar deyiladi.


    C ++ tilida quyidagi xizmachi so’zlar mavjud:

    int extern else


    char register for
    float typedef do
    double static while
    struct goto switch
    union return case
    long sizeof default
    short break entry
    unsigned continue
    auto if


    3 – DARS. O’zgaruvchilar. (VARIABLES)

    O’zgaruvchilar ob’ekt sifatida. Ci++ tilining asosiy tushunchalaridan biri nomlangan hotira qismi – ob’ekt tushunchasidir. Ob’ektning xususiy holi bu o’zgaruvchidir. O’zgaruvchiga qiymat berilganda unga ajratilgan hotira qismiga shu qiymat kodi yoziladi. O’zgaruvchi qiymatiga nomi orqali murojaat qilish mumkin, hotira qismiga esa faqat adresi orqali murojaat qilinadi. O’zgaruvchi nomi bu erkin kiritiladigan identifikatordor. O’zgaruvchi nomi sifatida xizmatchi so’zlarni ishlatish mumkin emas.


    O’zgaruvchilar tiplari. O’zgaruvchilarning qo’yidagi tiplari mavjuddir:

    char – bitta simvol;


    long char – uzun simvol;
    int – butun son;
    short yoki short int – qisqa butun son;
    long yoki long int – uzun butun son;
    float - haqiqiy son;
    long float yoki double – ikkilangan haqiqiy son;
    long double – uzun ikkilangan haqiqiy son;
    Butun sonlar ta’riflanganda ko’rilgan tiplar oldiga unsigned (ishorasiz) ta’rifi kushilishi mumkin. Bu ta’rif qushilgan butun sonlar ustida amallar mod 2n arifmetikasiga asoslangandir . Bu erda n soni int tipi hotirada egallovchi razryadlar sonidir. Agar ishorasiz k soni uzunligi int soni razryadlar sonidan uzun bulsa, bu son qiyjmati k mod 2n ga teng bo'ladi. Ishorasiz k son uchun ga –k amali 2n – k formula asosida hisoblanadi. Ishorali ya’ni signed tipidagi sonlarning eng katta razryadi son ishorasini ko’rsatish uchun ishlatilsa unsigned (ishorasiz) tipdagi sonlarda bu razryad sonni tasvirlash uchun ishlatiladi.
    O’zgaruvchilarni dasturning ihtiyoriy qismida ta’riflash yoki qayta ta’riflash mumkin.
    Misol uchun:
    Int a, b1, ac; eki
    Int a;
    int b1;
    int ac;
    O’zgaruvchilar ta’riflanganda ularning qiymatlari aniqlanmagan bo’ladi. Lekin
    o’zgaruvchilarni ta’riflashda initsializatsiya ya’ni boshlang’ich qiyjmatlarini ko’rsatish mumkin.
    Misol uchun:
    Int I=0;
    Char c=’k’;
    Typedef ta’riflovchisi yangi tiplarni kiritishga imkon beradi.
    Misol uchun yangi COD tipini kiritish:
    Typedef unsigned char COD;
    COD simbol;



    Download 4.49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




    Download 4.49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot

    Download 4.49 Mb.