• O’tilgan mavzuni takrorlash.
  • Yangi mavzu bayoni.
  • Darsning borishi va vaqt taqsimoti




    Download 1,92 Mb.
    bet199/208
    Sana23.07.2021
    Hajmi1,92 Mb.
    #15865
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   208
    Darsning borishi va vaqt taqsimoti




    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O'tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    3

    Yangi mavzu ustida ishlash

    14 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    13 daqiqa

    5

    Uyga vazifa

    3 daqiqa


    O’tilgan mavzuni takrorlash.

    1.URL-manzil deganda nimani tushunasiz?

    2.Web-sahifada gipermurojaat qanday tashkil etiladi?

    3.Web-sahifadagi o'tish nuqtasi o'z ichiga nimalarni olishini izohlang.

    4.Tarkibiy web-sahifa deganda nimani tushunasiz?

    5.Elektron pochtaga murojaat qanday tashkil etiladi?


    Yangi mavzu bayoni.

    Web-sahifada formalar so'rovlar o'tkazish, web-server va mijoz o'rtasida muloqot o'tkazish yoki berilgan ro'yxatdan kerakli hujjatni tanlash maqsadida qo'llaniladi. Masalan, web-sahifaning reytingini aniqlash, biror korxona mahsulotlari haqidagi fikrlarni to'plash, Internet orqali tanishish va boshqa maqsadlarda web-sahifada formalar tashkil etiladi. Maqsadga qarab formadagi savollar ham turlicha bo'ladi. Lekin, web-sahifada savollarni tashkil etish bir xil teglar yordamida amalga oshiriladi. Bu teglar web-sahifada savol matni bilan birga javob oynasini ham hosil qiladi. Savol matni web- sahifa tayyorlanayotganda kiritiladi. U tuzilishiga ko'ra, asosan, ikki turga bo'linadi:


    1.Ixtiyoriy javob kiritish uchun mo'ljallangan.

    2.Tavsiya etilgan javoblardan birini tanlash uchun mo'ljallangan.


    Savollarni web-sahifaning istalgan yeriga joylashtirish mumkin,

    ya'ni, formaning tuzilishini o'zingizga yoqqan shaklda tashkil etishingiz mumkin.

    Muloqotni boshqacha tashkil etish ham mumkin. Masalan, awal ko'rilganidek, web-sahifada kerakli savollarni berib (oddiy matn sifatida), bu savollarga elektron pochta orqali javob yuborishni iltimos qilib elektron pochtangiz manzilini (adresini) ko'rsatishingiz mumkin. Lekin bu holda ko'p (deyarli) javob ololmaysiz. Chunki, birinchidan, hamma ham tanimagan kishisiga xat yozishga jazm qila olmaydi. Ikkinchidan, formadagi savollarga javob berish ko'p mulohaza talab qilmaydi, ammo xatni esa o'ylab yozish kerak bo'ladi.

    Forma hosil qilish uchun

    juft tegi qo'llaniladi. Uning ACTION va METHOD kabi parametrlari bor. ACTION parametri majburiy bo'lib, uning qiymati URL-manzildir.

    Formani jo'natishni bir nechta usulda amalga oshirish mumkin. Formani jo'natish usulini ko'rsatish uchun METHOD parametri ishlatiladi. Ko'p hollarda formani jo'natish uchun elektron pochta ko'p qo'llaniladi. Buning uchun tegiga METHOD=POST va ACTION= "mailto: elektron pochta tizimidagi ad res" parametrlari qiymati bilan qo'shiladi. Masalan: ,,maato:rtm@uzsci.net/,>

    Formada savol-javob tashkil qilish uchun toq tegi NAME parametri bilan qo'llaniladi. Bu teg yordamida berilgan savolga javob kiritish uchun matn maydoni (javob satri) hosil qilinadi. Javob satri belgilari soni SIZE (o'lcham) parametri bilan aniqlanishi mumkin. Savol esa oddiy matn sifatida kiritiladi. Masalan:


    Sizning ismingiz: CINPUT NAME = "ism kiritiladigan joy" SIZE=25>

    Bu teglar formada «Sizning ismingiz:» matnini va 25 tagacha belgi kiritish mumkin bo'lgan «ism kiritiladigan joy» nomli matn maydonini hosil qiladi.

    Formaning ba'zi bandlariga yoziladigan javob bitta satrga sig'mas- ligi mumkin. Masalan, formada «Izoh» bandi bo'lsa, odatda, bu bandga bir nechta satrdan iborat matn yoziladigan maydon ajratiladi. Buning uchun


    Download 1,92 Mb.
    1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   208




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning borishi va vaqt taqsimoti

    Download 1,92 Mb.