|
1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Darsning texnologik xaritasi
|
bet | 3/208 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #15865 |
O`qituvchi: Mustaqillik –bu nimadir ?
O`quvchi : Mustaqillik bu huriyat,
Bu –ozodlik demakdir.
O`qituvchi: Mustaqillik bu nimadir ?
O`quvchi : Bu elu yurt osoyishi ,
Bu obodlik demakdir
Yangi mavzu bayoni:
Reja
Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari
Masala natijasi tahlili
Kalkulyatorda hisob-kitobda xatoliklar
Inson amaliy ish jarayonida juda ko'p masalalarni hal etishiga to'g'ri keladi. Masalalarning ba'zilari oson, ba'zilari murakkab hisob- kitob bilan bog'liq bo'ladi. Ba'zi masalalarni hal etishda biror amallar guruhi esa minglab marta bajarilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Shuning uchun beminnat va о'tа tez ishlaydigan yordamchimiz bo'lgan kompyuter bu ishimizda yordam bera oladimi, agar yordam bera olsa, u holda masalalarni kompyuterda hal etish qanday tashkil etiladi degan savol tabiiydir.
Masala yechishning turli usullari mavjud bo’lib, ulardan biri masala shartiga mos tenglama tuzish usulidir. Bu usul matematika kursidan ma’lum. Unda masala shartiga ko’ra tenglama tuziladi va uning turiga qarab ma’lum bir usul tanlanadi hamda yechiladi.
Masala. Alisher kitobning tort sahifasi va yana to’rtta satrini o’qidi. Kitob sahifasida qancha satr bolsa, har bir satrda shunchadan belgi mavjud. Agar
Alisher o’qigan axborot 6560 bayt bo’lsa kitobning bir sahifasida nechta satir borligini aniqlang.
|
| |