|
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat
|
bet | 31/208 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #15865 |
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilar Algoritmni tasvirlash usullari haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Darslikda keltirilgan va o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar orqali informatika fanining boshqa o`quv fanlari bilan uzviy bog`langanligini bilib oladi. Yakka va guruh bo`lib ishlashni o`rganadi. Yangi bilimlarni egallaydi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Mashqlar bajarish
|
27 daqiqa
|
4
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
Mashqlar
Quyidagi masalalar algoritmlarini so`zlar yordamida tuzing.
Berilgan x da y=23 x-1963 funksiyasining qiymatini hisoblash algoritmini tuzing.
Ijrochining ko`rsatmalar sistemasi faqat (5 ni qo`sh; 3 ni ayir) ko`rsatmalaridan iborat. Bu ijrochi 0 sonidan 11 sonini hosil qilish uchun 3 xil usulda algoritm tuzing.
Ijrochining ko`rsatmalar sistemasi faqat (1 ni qo`sh; 2 ga ko`paytir) ko`rsatmalaridan iborat. Bu ijrochi 0 sonidan 17 sonini hosil qilish uchun 3 xil usulda algoritm tuzing.
A=5 va B=8 bo`lganda ijrochi 4 litr suv o`lchab olishi uchun algoritm tuzing.
Quyidagi masalalar algoritmlarini blok-sxema yordamida tuzing.
A. Radiusi R gat eng bo`lgan aylana ichiga chizilgan kvadratning tomonini toppish algoritmini tuzing.
B. Uchta tanga berilgan. Ulardan biri soxta va og'ir. Tortish uchun ikki pallali tarozi o'lchov toshlarisiz berilgan. Soxta tangani aniqlash algoritmini tuzing.
D. Uchta tanga berilgan. Ulardan biri soxta va faqat og'irligi bilan farqlanadi (aniq og'ir yoki yengilligi ham ma'lum emas). Tortish uchun ikki pallali tarozi o'lchov toshlarisiz berilgan. Eng kam tortish yordamida soxta tangani aniqlash algoritmini tuzing.
|
| |