• Tashkiliy qism.
  • Yangi mavzu bayoni
  • Darsning borishi va vaqt taqsimoti




    Download 1,92 Mb.
    bet94/208
    Sana23.07.2021
    Hajmi1,92 Mb.
    #15865
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   208
    Darsning borishi va vaqt taqsimoti





    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O'tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    3

    Yangi mavzu ustida ishlash

    14 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    13 daqiqa

    5

    Uyga vazifa

    3 daqiqa


    Tashkiliy qism.Salomlashish, o’quvchilarni darsga jalb qilish,sinf xonasining tozaligi, davomatni aniqlash. O’quvchilarni dunyo bo’ylab informatika fani yangiliklaridan boxabar qilish.

    O’tilgan mavzuni takrorlash

    1. Paskalda matn holatida ekran bilan ishlash uchun qanday moduIdan foydalaniladi ?

    2.Paskalda asosan necha xil rang ishlatilishi mumkin?

    3.Matn rangini qanday protsedura orqali o'zgartiriladi?

    4.Matn foni rangini qanday protsedura orqali o'zgartiriladi?

    5.ClrScr protsedurasi qanday maqsadlarda qo'llaniladi? Javobingiz/ii misollar bilan izohlang.

    6.Ekran matn holatida necha satr va ustundan iborat?

    7.Matnni ekranning istalgan joyiga chiqarish mumkinmi? Ja- vobingizni izohlang.


    Yangi mavzu bayoni:
    Odatda, chiziqli algoritmlarning dastur shaklida yozilishi chiziqli dastur deb ataladi. Demak, chiziqli dasturdagi barcha operator ketma- ket kelish tartibida bajariladi va hech qanday shart tekshirilmaydi.

    1- misol. Radiusi R bo'lgan aylananing uzunligini hisoblash dasturi tuzilsin va R=9 birlik qiymat uchun bajarilsin.

    Yechish. Aylananing uzunligini hisoblash formulasini esga olamiz: L=2?rR. Paskal dasturlash tilida u L := 2*pi*R ko'rinishda yoziladi. Dasturda bitta o'zgarmas pi va ikkita o'zgaruvchi R va L qatnashadi. Masala shartiga ko'ra R=9, ya'ni butun son. Shu sababli R o'zgaruvchi turi Integer deb olinadi.Aylananing uzunligi L esa ko'paytmada n qatnashganligi uchun, albatta haqiqiy (Real) turli bo'ladi. Aytilganlarni hisobga olib quyidagi dastur tuziladi:

    Program aylana_uzunligi;

    Var R:Integer; L:Real;

    Begin


    r := 9; L := 2*pi*R; WriteLn(‘L=`,L,`birlik.`); readln;

    End.


    Dastur ishga tushirilgach (Ctrl+F9 klavishalar juftligi bosilgach yoki Run menyusidan Run bandi tanlangach), ekranda quyidagi natija hosil bo'ladi: L= 5.6548667765E+01 birlik.

    Dasturda L — real turli bo'lgani uchun natija eksponensial ko'rinishda chiqdi. Agar chiqarish operatorida L:7:2 formatidan foydalanilsa radiusi 9 birlik bo'lgan aylananing uzunligi 56,54 birlikka tengligi ko'rinadi.

    Bu dastur yordamida ixtiyoriy butun radiusli aylananing uzunligini hisoblash mumkin. Faqat har safar dasturdagi R ning qiymatini o'zgartirib turish lozim. Dasturga har safar o'zgartirish kiritmaslik uchun R ning qiymati kiritish operatori yordamida beriladi. Radiusning qiymati doim butun son bo'lavermasligini inobatga olib, uni Real turdagi o'zgaruvchi sifatida tavsiflanadi. Bularni hisobga olib quyidagi dastur tuziladi:

    Dasturi

    Ekrandagi natija

    Program aylana_uzunligi;

    Var r, L : Real;

    Begin

    WriteCRadiusni kiriting :');



    ReadLn(r); L := 2*pi*r;

    WriteLn('L= ',L,'birlik.'); readln;

    End.


    Radiusni kiriting : 9

    L=5.6548667765E+01

    birlik

    Bu dastur ishga tushirilgach, ekranga «Radiusni kiriting : »yozuvi chiqadi va yurgich shu satrda qoladi. ReadLn operatori dastur bajarilishini

    to'xtatib, R o'zgaruvchiga qiymat berilishini kutadi. Klaviatura orqali radiusning sonli qiymati 9 ni kiritib| ENTER] klavishi bosilsa, R o'zgaruv­chining qiymati 9 ga teng deb olinib, dastur bajarilishda davom etadi. Natijada kompyuter ekranida izlangan natija hosil bo'ladi.Dasturni qayta- qayta ishlatib, turli radiusli aylanalar uzunligini hisoblashni tashkil etish mumkin.

    2- misol. Tomonlari mos ravishda a, b, c bo'lgan ixtiyoriy uchbur­chakning yuzini Geron formulasi orqali hisoblash dasturini tuzing va a=3, b= 4, c= 5 qiymatlarda hisoblang.

    3- misol. Tomonlari R bo'lgan teng tomonli uchburchak, kvadrat va radiusi R ga teng doiraning yuzini hisoblash dasturini tuzing va R= 4 da hisoblang.
    Ushbu dasturni o'zlashtirish operatori yordamida o'zgartirib natija olishni mustaqil ish sifatida qoldiriladi.


    Download 1,92 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   208




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning borishi va vaqt taqsimoti

    Download 1,92 Mb.