I.2.Alyuminiy nitratning sanoatda olinish usullari:
Sanoat miqyosida alyuminiy nitrat ishlab chiqarish uchun bir qator usullardan foydalaniladi. Bu usullar laboratoriya sharoitida olib boriladigan reaksiyalardan farqli ravishda, nisbatan tezroq boradi va tejamliroq usul sanaladi:
a)Alyuminiy (III) hamda azot(V) oksidlarining o’zaro ta’sirlashuvidan suvsiz alyuminy nitrat tuziolinadi.
b)Shunga o’xshash yana bir alternativ usullardan biri alyuminiy gidroksidiga azot(V) oksidining ta’sir ettirilishidir:
Hozirgi kunda alyuminiy nitrat tuzini ishlab chiqarishda bu ikki usul eng istiqbolli usullardan deb sanalib kelinmoqda, Yevropadagi, Xitoydagi bir qator alyuminiyli birikmalarni ishlab chiqaruvchi zavodlar ana shu reaksiyalardan foydalanadilar. Ikkala usul ham ionining amfoterlik xossasiga asoslangan bo’lib, alyuminiy nitrat olinishining eng kamchiqim ko’rinishi sanaladi. Sanoat miqyosida alyuminiy nitrat olishning yana quidagi usuli ham mavjuddir:
c)Bu jarayon ikki bosqichda amalga oshadi:
Ushbu reaksiya ham so’nggi yillarda olishda ancha keng qo’llanilayotgan usullardan sanaladi. Reaksiya natijasida qo’shimcha mahsulot sifatida ajralib chiqadigan brom reaksiyaning dastlabki mahsuloti bo’lgan alyuminiy bromid olish uchun ishlatiladi.
|