Alyuminiy nitrat nonogidratining eruvchanligi
65,3 (25°C)
68,1 (30°C)
75,4 (40°C)
85,2 (50°C)
94,2 (60°C)
122,2 (70°C)
132,5 (80°C)
153,2 (90°C)
159,7 (100°C)
100 (20°C) (etanolda)
Standart entalpiyasi-∆H= 208kJ/mol
Alyuminiy nitrat nonogidrati 73,5 dan yuqori haroratda suvini yo’qota boshlaydi, temperatura 100 dan oshirilgach, uch molekula suvini yo’qotadi:
Al(NO3)3• 9H2O → Al(NO3)3• 6H2O + 3H2O
Qizdirish 150 gradusaga qadar davom ettirilganda alyuminiy nitratning parchalanish jarayoni kuzatiladi:
2Al(NO3)3 → Al2O3 + 3N2O5↑
Harorat 400 gacha ko’tarilganda, dastlabki mahsulot tarkibida bo’lgan azotning faqat ikki foiz miqdori qoladi.
Al(NO3)3• 6H2O 120-130 oralig’ida qizdirilganda Al(NO3)(OH)2• 5H2O ga o’tib ketadi. 140 atrofida esa Al2O3• 3H2O holatida bo’ladi.
Alyuminiy nitrat nonogidratining so’nggi yillarda Kristen Vanessa Ruiz tomonidan ishlab chiqarilgan yana bir yangi qo’llanish sohasi- natriy metaalyuminatni alyuminiy nitrat nonogidrati hamda NaOH yordamida sintez qilishdir. Ma’lumki, natriy alyuminat suvni tozalashda va qog’oz ishlab chiqarishda ishlatiladigan muhim kimyoviy birikma sanaladi. Alyuminiy nitrat kristallogidrati tufayli ushbu birikmani olish yanada osonlashdi.
Alyuminiy nitrat kristallogidratlari gidrolizga uchraydi. Bunda bpH qiymati=2,5 dan toki 3,7 ga qadar bo’ladi.(Molyar konsentratsiya 0,01 dan 0,5 M gacha)
Alyuminiy nitrat kristallogidratlarini bir joydan ikkinchi joyga har qanday transport vositasida ko’chirib o’tish mumkin.
|