II.3.Alyuminiy nitrat tuzining ahamiyati qo’llanish sohalari.
Alyuminiy metallining kashf etilganiga ikki asr bo’lganiga qaramay u va uning birikmalari allaqachon butun dunyoni egallashga ulgurib, texnik taraqqiyotning “qanotli metalliga” aylandi.Chunki alyuminiy va u hosil qilgan birikmalar insonlarning samoga intilishi ramzi bo’lib qoldi. Birinchi navbatda alyuminiy raketalar bilan bog’liq holatda tasavvur qilinadi. Sababi, ushbu metall birikmalarisiz ularning kashf etilishi mumkin emas edi. Bugungi kunda alyuminy kirib bormagan biror xonadon mavjud emas desak mubolag’a bo’lmaydi.
Alyuminiy nitrat tuzi ham kundan-kunga insoniyat hayotida muhim o’rinni egallab bormoqda. U o’zining ajoyib xossalari tufayli sanoat, ishlab chiqarishning turli sohalarida keng qo’llaniladi.Masalan ishlab chiqarishda alyuminiy natratning kuchli oksidlovchilik xossasidan foydalaniladi.
Bugungi kunda alyuminiy nitrat quidagi bir qator maqsadlarda ishlatilib kelinmoqda:
Alyuminiy nitratdan uran qazib olish jarayonlarida foydalaniladi
Antiperisperant sifatida qo’llaniladi
Korroziyaga qarshi kurashishda kuchli ingibitor sanaladi
Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlashda ahamiyatga ega
Raketalarning ichki detallai yasaladi. Bunda u alyuminiy metaloning xossalarini yaxshilovchi vosita hisoblanadi
Laboratoriyalarda yorqin reaksiyalar o’tkazishda foydalaniladi
Paxta tolalarini bo’yash uchun ishlatiladi
Alyuminiy nitrat ayniqsa, neftni n qayta ishlash sohasida juda keng qo’llaniladi. U neft tarkibidan turli xildagi yonilg’ilarni ajratib olishda ahamiyatlidir. Qolaversa, neftni uning sifatini pasaytiruvchi chiqindilardan tozalashda alyuminiy nitrat juda yaxshi katalizator vazifasini bajaradi.
Alyuminiy nitratning yana bir ajoyib xossalaridan biri- buyumlarning tashqi yuzasini korroziyaga uchrashdan saqlab qolishidir. Bizga ma’lumki, u yoki bu metallardan yasalgan buyumlar korroziya tufayli o’zining sifatini yo’qotadi. Shuni hisobga oladigan bo’lsak, alyuminiy nitrat tufayli ortiqcha xarajat va mehnatning oldi olinadi.
Bundan tashqari alyuminiy nitrat tuzidan qoliplar tayyorlashda, izolyatsiya qog’ozlarini olishda, isitish pechlari tayyorlashda foydalanilib kelinmoqda
Alyuminiy nitrat yadro fizikasida alohida o’rinni egallaydi.
To’qimachilik sanoatida bu tuz matolarni bo’yovchi yaxshi vosita sanaladi.
Alyuminiy nitrat tuzidan radio va elektrotexnikada, rangli metallurgiya sanoatida foydalaniladi
Laboratoriya sharoitida toza holdagi alyuminiy gidroksid va alyuminiy oksid olish uchun muhim manbaalardan biridir.
To’qimachilik sanoati uchun zarur bo’lgan alyuminiy nitrat tuzi alyuminiyning texnik tuzlarini bariy, qo’rg’oshin hamda kalsiy sulfatlar bilan almashinish reaksiyasiga kirgizish yo’li bilan hosil qilinadi.
Alyuminiy nitrat uran hamda plutoniyning ekstraksiyasini hosil qilish jarayonida reaksiyani muvozanat qaror topayotgan tomonga siljitishda, shuningdek, ushbu elementlarning yuqori mahsuldorlik va juda toza holda kolonnalarga yig’ilishda muhimo’rin egallaydi
Alyuminiy nitrat, seriy kadmiy nitrat aralashmasiga ozgina miqdorda ishqor eritmasidan ta’sir ettirib, uglevodorodlarni oksidlash jarayonida katalizator sifatida foydalanish mumkin.
Alyuminiy nitrat tuzi gigroskopik xuxusiyatga ega bo’lganligi sababli, uning tarkibi o’zgarib qolmasligi uchun ham yopiq holatdagi sklyankalarda saqlanadi, yo’qsa, ishlab chiqarish jarayonida bir qator muammolar kelib chiqish mumkin.
Tarkibida temir saqlovchi alyuminiy nitrat aralashmasi gazokalil setkalar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Alyuminiy nitrat NSG-SG texnik aralashma tarkibidan nitrat kislotaning ajralish unumini oshiradi. Harorat ko’tarilgan sari nitrat kislotaning ajralishi tezlashib boradi.
Alyuminiy nitratni ammiak eritmasi vositasida cho’ktirib hosil qilingan katalizator yordamida izomerlanish xossasiga ega bo’lmagan olefenlarni aktiv holatga keltiriladi. Izomerlanish darajasi tajribadan keyin normal qurilish holatini o’zgartirmagan olifenlarni mochevina ta’sir ettirib ajratish yo’li bilan aniqlanadi.
Shu narsani ham ta’kidlab o’tish kerakki, alyuminiy va uning birikmalarini jumladan, alyuminiy nitratni sanoat sohasida ishlatayotganda uning tabiat, atrof muhitga keltiradigan zararini hisobga olish kerak.
Umuman olganda tabiiy suv tarkibida juda oz miqdorda alyuminiy ioni mavjud bo’lib, uning konsentratsiyasi 0,001 mg dan 10 mg/litrgacha bo’lishimumkin. Voyaga yetgan har inson tanasida 140 mg gacha alyuminiy mavjud.Biroq ko’rsatilgan chegaradan ortib ketuvchi alyuminiy va uning birikmalari organizmga zaharli ta’sir ko’rsatadi.
Tabiiy suv tarkibida alyuminiy nitratning miqdori 0,1 mg/l dan oshsa, suvga kuchsiz achchiq burishtiruvchi ta’m beradi. Shuncha miqdorda tarkibida alyuminiy nitrat saqlovchi suv inson organizmiga tushganida zaharlanish holati kuzatiladi.
|