38
4–LABORATORIYA ISHI
REZERVLASH PROTOKOLLARI(STP, RSTP) VA
AGREGATSIYALASH PROTOKOLLARI(LACP, PagP) NI
SOZLASH
Ishdan maqsad: Kanal pogʻonasi protokollari-STP (spanning-
tree protocol), RSTP protokollari va LACP,
PAgP аgregatsiyalash
protokollarining sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy
ko`nikmalarni hosil qilish.
Nazariy qism
STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib,
IEEE 802.1d standartida asosida ishlaydi. STP protokoli 1985 yilda
Radia Perlman tomonidan ishlab chiqilgan.
Protokolning quyidagi
spesifikatsiyalari mavjud: PVSP+, RSTP, MSTP, SPM.
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi
ixtiyoriy topologiyada bir-biriga bog`langan bir nechta kommutatorlar
o`rtasidagi kanalda pet (petel) hosil bo`lishini oldini olishga
qaratilgan. STP protokoli tarmoqda kommutatorlar bir-biri bilan
bog`lanishlarning
mantiqiy
daraxtini
yaratishga
asoslangan.
Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch)
va undan
keyingi filial, ya’ni ildiz bo`lmagan kommutatorlar joylashadi.
Kommutatorlar bir-biri bilan bog`langan holatda, asosiy magistral
kanalni ishlatib, boshqa kanallarni fizik jihatdan bog`lab,
lekin
mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab qo`yish imkoniyatini beradi (4.2-
rasm).
Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda
kommutatorlarning eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning
ID qiymati asosida tanlanadi. Bu yerda
ID qiymati kommutatorning
MAC manzilini anglatadi, ya’ni eng kichik qiymati tarmoqda ildiz
kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2
soniyada bir-biriga
Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz kommutatorligini
belgilab olishadi.
Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va
ID identifikator qiymatlarini taqqoslanadi
va ularning qiymatlari
yuqoriroq bo`lsa, u ildiz lavozimiga da’vo qilishni to`xtatadi va
g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni bilishimiz
kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat bo`lib qolsa, u
holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
39
4.1 - rasm. STP protokoli asosida tuzilgan tarmoq topologiyasi
Daraxtni qurish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Ildiz kommutatorni tanlash (root switch);
Ildiz portlarni tanlash (root port);
Loyihalashgan portlarni tanlash (designated port).