31
Qurilma sozlamalariga kirish uchun kerak bo`ladigan parolning
yo`qotilishi yoki unutilish holatlari tez-tez uchrab turadi.
Ushbu
laboratoriya ishida Cisco kommutatorlari va marshrutizatorlarida
parollarni olib tashlash (
Сброс) jarayoni ko`rib chiqiladi.
Quyida keltiriladigan usullar qurilmaga to`g`ridan-to`g`ri
konsol kabel orqali ulanishni ko`zda tutadi.
Shuning uchun ham
qurilma joylashgan xonaga faqat kirish huquqiga ega foydalanuvchilar
kirishi, xavfsizlik nuqtai nazaridan e`tiborga olinishi kerak. Ushbu
metodikalarning mohiyati quyidagicha:
paroli unutilgan yoki
yo`qolgan konfiguratsion faylsiz qurilmaning sozlamalariga imtiyozli
rejimda (Privileged EXEC) kirish
va konfiguratsion faylni
almashtirish orqali barcha parollarni o`zgartirish.
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish.
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun
qurilmaga
fizik kira olish kerak, ya`ni konsol kabel orqali ulanish
imkoniyati bo`lishi kerak. Marshrutizatorda
konfiguratsion registr
mavjud bo`lib, ushbu registr marshrutizatorning ishga tushishini
boshqaradi va uning qiymatlari energiya
talab qiluvchi xotirada
saqlanadi.