20
PC-A kompyuter S1 kommutatorning MAC manzilini ARP
protokoli yordamida olishi kerak. Birinchi paket uzatmada kutish
vaqti tugashi mumkin. Lekin exo – soʻrov amalga oshmasa,
qurilmaning bazaviy sozlanishidagi nosozlikni tekshiring va sozlang.
7.3. S1 kommutatorni masofadan boshqarishni tekshiring.
Qurilmaga masofadan kirishni Telnet orqali amalga oshiring. Bizning
misolda kompyuter va kommutator yonma – yon joylashgan. Ishlab
chiqarishda esa kompyuter 1 qavatda, kommutator boshqa qavatda
joylashgan boʻlishi mumkin. SHu sababli kommutatorni masofadan
boshqarish uchun Telnetdan foydalaniladi.
a. PC-A kompyuterning cmd oynasida S1 kommutatorga
SVI administrativ manzil orqali ulanish uchun telnet /SSH buyrugʻini
kiriting.
C:\Users\User1> telnet 192.168.1.100
C:\Users\User1> ssh –l admin 192.168.1.100
b. cisco parolini kiritgandan soʻng foydalanuvchi rejimiga
oʻtgan hisoblanadi. Imtiyoz rejimiga oʻting.
c. Telnet yoki SSH seansini tugatish uchun exit ni kiriting.
7.4. Kommutatorga kiritilgan oʻzgarishlarni saqlang.
Konfiguratsiyani saqlang.
S1# copy running-config startup-config
Destination filename [startup-config]? [Enter]
Building configuration...
[OK] S1#
Topshiriq
1.8-rasmda keltirilgan tarmoq topologiyasini Cisco Packet
Tracer dasturida tuzish talab qilinadi;
Router1 va PC0 qurilmalarini bir-biriga mos kabellar
yordamida ulang, har biriga ip address bering, qurilmaga nom bering
ular uchun telnet protokolini sozlang;
Switch0 va PC1 qurilmalarini bir-biriga mos kabellar
yordamida ulang, har biriga ip address bering, qurilmaga nom bering
ular uchun ssh protokolini sozlang.
21
1.8-rasm. Tarmoq topologiyasi