|
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish
|
bet | 3/4 | Sana | 08.09.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #270617 |
Bog'liq Tarmoq havsizligi 1-amaliy (2)Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish
Cisco marshrutizatorlarida parolni tashlab yuborish uchun qurilmaga fizik kira olish kerak, ya`ni konsol kabel orqali ulanish imkoniyati bo`lishi kerak. Marshrutizatorda konfiguratsion registr mavjud bo`lib, ushbu registr marshrutizatorning ishga tushishini boshqaradi va uning qiymatlari energiya talab qiluvchi xotirada saqlanadi.
Configuration register – bu marshrutizatorning ishga tushishi ketma-ketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli registr. Ya`ni marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga, to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga o`zgartirish kerak bo`ladi.
Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning qiymati – 0x2102 bo`ladi.
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda konfiguratsion registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi:
3.1-rasm. Konsol kabelining ko`rinishi.
4–LABORATORIYA ISHI
REZERVLASH PROTOKOLLARI - STP, RSTP VA AGREGATSIYALASH PROTOKOLLARI - LACP, PAGP NI SOZLASH
Ishdan maqsad
Kanal pog’onasi protokollari:
STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari;
LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Topshiriq:
1. STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari bo`yicha topshiriq:
SW1, SW2 va SW3 kommutatorlar interfeyslarining 4.1-rasmda ko`rsatilgandek sozlang va tekshiring.
STP protokoli bo`yicha root switch va root secondary kommutatorlarni sozlang va tekshiring.
Har bir kommutatorni ildiz kommutator (root) qilib, kadrning harakat yo`nalishlarini o`zgartiring.
Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.
4.1 - rasm. STP protokoli asosida tuzilgan tarmoq topologiyasi
|
| |