• Tayanch so‘zlar: sertifikat, sertifikatlashtirish, sertifikatlash-tirish tizimi, majburiy sertifikatlashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish, muvofiqlik, muvofiqlik bayonoti.
  • Ma’lumki, sertifikatlashtirish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.
  • -Ma’ruza. Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish




    Download 124,9 Kb.
    bet52/87
    Sana19.01.2024
    Hajmi124,9 Kb.
    #140840
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi

    8-Ma’ruza. Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish


    Reja:
    8.1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar.
    8.2. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib chiqilayotgan mahsulotlarini sertifikatlashtirish.
    8.3. Sertifikatlashtirish sxemalari.


    Tayanch so‘zlar: sertifikat, sertifikatlashtirish, sertifikatlash-tirish tizimi, majburiy sertifikatlashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish, muvofiqlik, muvofiqlik bayonoti.


    8.1. O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni


    Mazkur qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
    Qonunning 1-bobi 1-moddasida sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalarga alohida ahamiyat berilgan, shuningdek qonunda O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish organlari, ularning faoliyati, sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari, sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan.
    2-bob 7-moddasida ko‘rsatilishicha mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi. Tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘lishi ta’kidlangan va albatta muvofiqlik belgilari sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reyestridan o‘tkazilishi alohida ko‘rsatilgan.
    Ma’lumki, sertifikatlashtirish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.
    Sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va nazorat qilish “O‘zstandart” agentligining davlat inspektorlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi.
    Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarning) javobgarligi haqida ham ma’lumotlar berilgan bo‘lib, 4-bobning 22-moddasiga binoan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof ravishda berganligi uchun, sinov natijalari haqida norto‘g‘ri ma’lumot berganligi uchun qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

    Download 124,9 Kb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




    Download 124,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Ma’ruza. Sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish

    Download 124,9 Kb.