|
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi
|
bet | 55/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiO‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi:
sertifikatlashlashtirish uchun buyurtma berish;
meyoriy va boshqa hujjatlarni tekshirish;
buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish;
identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olib ularni laboratoriyalarga yetkazish;
akkreditlangan sinov laboratoriyalarida namunalarni sinovdan o‘tkazish;
mahsulotlarni ishlab chiqarish holatlarini baholash;
sifat tizimini baholash;
mahsulotlarni mosligini dekloratsiyalash;
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki bermaslik;
O‘z SMT Davlat reyestrida muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish;
chet el xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish;
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning (II, III, IV, V sxemalar uchun) barqarorligi ustidan tekshiruvchan nazorat olib berish;
apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoida va tartiblari:
1. Buyurtmani topshirish va ko‘rib chiqish:
O‘z SMT doirasida mahsulotni sertifikatlashtirish-ni o‘tkazish uchun yurtimiz yoki chet el so‘rovchisi buyurtmani bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish uchun akkreditlangan tegishli SI ga yuboriladi.
Buyurtma bilan birgalikda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotga meyoriy hujjat nusxasi, mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot), gigiyenik sertifikat ilova qilinadi.
Buyurtma beruvchi tomonidan ayni bir vaqtda gigiyenik sertifikat va muvofiqlik sertifikati olishga buyurtma berilgan taqdirda gigiyenik sertifikat nusxasi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin taqdim etiladi.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi
|