|
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi
|
bet | 63/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiBu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Mazkur qonun quyidagi bo‘limlardan iborat:
1 bo‘lim. Umumiy qoidalar (1-4.1 moddalar).
2 bo‘lim. Fizik o‘lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo‘llash. (5-8 moddalar).
3 bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari. (9-11 moddalar).
4 bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati. (12-19 moddalar).
5 bo‘lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta’minlash. (20-21 moddalar).
1 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
1-modda. Asosiy tushunchalar.
2-modda. Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari.
Metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining o‘zga konun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar.
Xalqaro shartnomada yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llanadi.
4-modda. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish.
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ - O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart»agentligi) amalga oshiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism).
4-1-modda. O‘lchashlarning yagonaligini ta’minlashga oid normativ hujjatlar.O‘zbekiston Respublikasining korxonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar birlashmalari metrologiya soxasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga oid, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ xujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid bo‘lmagan normativ xujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari mumkin.(O‘zR 25.04.2003 y 482-2-son Qonuni taxriridagi modda).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi
|