|
bo‘lim quyidagi moddalardan iborat
|
bet | 64/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi2 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
5-modda. Fizik kattaliklarni o‘lchov birliklari.
O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro o‘lchamlar tizimi (SI)ning fizik o‘lcham birliklarini belgilangan tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.Fizik o‘lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo‘llash qoidalari “O‘zstandart”ning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (O‘zR 25.04.2003 y 482-2-son Qonuni asosida o‘zgartirish kiritilgan)
6-modda. Fizik kattaliklar birliklarining etalonlari.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llash tartibini “O‘zstandart” belgilaydi (O‘zR 25.04.2003 y.482-2-son Qonuni asosida o‘zgartirish kiritilgan)
7-modda. O‘lchash vositalari.
Foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari o‘lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo‘yilgan aniqlikda bo‘lishini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga mos kelishi lozim.
Texnika vositalarini o‘lchash vositalariga mansub deb topish mezonini “O‘zstandart” belgilaydi.(O‘zR 25.04.2003 y. 482-2-son Qonuni asosida o‘zgartirish kiritilgan)
8-modda. O‘lchashlarni bajarish uslubiyatlari.
O‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari o‘lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchov o‘tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo‘yilgan aniqlikni ta’minlashi lozim. O‘lchovlar belgilangan tartibda attestasiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim. (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi qism).
3 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmatining tuzilishi.
O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
10-modda. Davlat metrologiya xizmati.
«O‘zstandart»agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxridagi davlat metrologiya xizmati organlari kiradi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism).
|
| |