15-ma’ruza 15-Mavzu: umumiy va maxsus texnik reglamentlar yaratilish, tasdiqlash va ro`yhatdan o`tkazish tartibi. Reja




Download 39,05 Kb.
bet1/12
Sana15.12.2023
Hajmi39,05 Kb.
#119891
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
15 Ma\'ruza..


15-MA’RUZA

15-Mavzu: UMUMIY VA MAXSUS TEXNIK REGLAMENTLAR YARATILISH, TASDIQLASH VA RO`YHATDAN O`TKAZISH TARTIBI.


REJA:



15.0. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida

«Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament ilovaga muvofiq tasdiqlansin va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n ikki oy o‘tgandan keyin amalga kiritilsin.
2. «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlar amalga kiritilgach ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. «O‘zstandart» agentligi:
vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy texnik reglament belgilangan tartibda amalga kiritilgan kundan boshlab oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni qo‘llashda majburiylik xususiyatini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta’minlash choralarini ko‘rsin.
«O‘zbekoziqovqatxolding» XK va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tasdiqlangan Umumiy texnik reglamentning maqsadlari, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida aholi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari keng xabardor qilinishini va tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzaev zimmasiga yuklansin.

Download 39,05 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 39,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-ma’ruza 15-Mavzu: umumiy va maxsus texnik reglamentlar yaratilish, tasdiqlash va ro`yhatdan o`tkazish tartibi. Reja

Download 39,05 Kb.