|
-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sanani ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
|
bet | 8/12 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 39,05 Kb. | | #119891 |
Bog'liq 15 Ma\'ruza..7-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sanani ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
43. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda uning yaroqlilik muddatiga qarab u tayyorlangan sanani ko‘rsatish quyidagi so‘zlardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
a) 72 soatgacha yaroqli bo‘lgan taqdirda soat, kun, oy ko‘rsatilgan holda «tayyorlangan sanasi»;
b) 72 soatdan uch oygacha yaroqli bo‘lganda kun, oy, yil ko‘rsatilgan holda «tayyorlangan sanasi»;
v) uch oydan va undan ortiq yaroqlilik muddatida oy, yil yoki kun, oy, yil ko‘rsatilgan holda «yaroqlilik sanasi».
44. «Tayyorlangan sanasi» so‘zlaridan keyin oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana yoki ushbu sanani iste’mol o‘ramiga bosish joyi ko‘rsatiladi.
45. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda «tayyorlangan sanasi» so‘zlari «ishlab chiqarilgan sana» so‘zlari yoki so‘zning mazmuni bo‘yicha shunday so‘z bilan almashtirilishi mumkin.
46. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarga «tayyorlangan sanasi» so‘zlari o‘rniga oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini ishlab chiqarishning texnologik jarayoni tamom bo‘lishi sanasini belgilovchi boshqa tushunchalar o‘rnatilishi mumkin, masalan, ichimliklarni quyish sanasi, tuxumlarni saralash sanasi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili yili, yovvoyi holda o‘suvchi mevalar, yong‘oqlar, asalarichilik mahsulotlari yig‘ilgan yil ko‘rsatilishi mumkin.
8-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqliligi muddatini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
47. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda uning yaroqliligi muddatini ko‘rsatish quyidagi so‘zlardan foydalangan holda amalga oshiriladi:
a) uning yaroqlilik muddati 72 soatgacha bo‘lganda soat, kun, oy ko‘rsatilgan holda «gacha yaroqli»;
b) uning yaroqlilik muddati 72 soatdan uch oygacha bo‘lganda kun, oy ko‘rsatilgan holda «gacha yaroqli»;
v) oy, yil ko‘rsatilgan holda «oxirigacha yaroqli» yoki uning yaroqlilik muddati kamida uch oy bo‘lganda kun, oy, yil ko‘rsatilgan holda «gacha yaroqli».
48. Oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddatini ko‘rsatish maqsadida sutkalar, oylar yoki yillar soni ko‘rsatilgan holda «yaroqli» yoxud 72 soatgacha yaroqlilik muddatida soatlar soni ko‘rsatilgan holda «yaroqli» so‘zidan foydalanish mumkin.
49. «Gacha yaroqli», «yaroqli», «oxirigacha yaroqli» so‘zlaridan keyin yoki oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati yoki ushbu muddatini o‘ramga bosish joyi ko‘rsatiladi.
50. Tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan unga nisbatan yaroqlilikning cheklanmagan muddati belgilanadigan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash «Saqlash shart-sharoitlariga rioya qilinganda yaroqlilik muddati cheklanmagan» yozuvi qo‘shimcha qilinishi kerak.
51. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda «gacha yaroqli», «yaroqli», «oxirigacha yaroqli» so‘zlari «yaroqlilik muddati», «gacha iste’mol qilinsin» so‘zlari yoki mazmuni o‘xshash so‘zlar bilan almashtirilishi mumkin.
9-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning, tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxsning, import qiluvchining nomi va joylashgan joyini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
52. Oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning joylashgan joyi tadbirkorlik faoliyati sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan belgilanadi.
53. Sotib oluvchiga taqdim etiladigan ma’lumotda tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomi va joylashgan joyidan (manzili, shu jumladan mamlakat) foydalanish zarur. Tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning manzili bilan mos bo‘lmaganda ishlab chiqarish(lar) manzili(lari) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib oluvchilardan e’tirozlarni qabul qilishga tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxslar ham (mavjud bo‘lganda) ko‘rsatiladi.
54. Oziq-ovqat mahsulotining tayyorlovchisi (ishlab chiqaruvchisi) joylashgan joyning nomi to‘g‘risidagi ma’lumotni tayyorlovchi mamlakatning nomini davlat tilida ko‘rsatish sharti bilan oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) joylashgan joy bo‘yicha mamlakat tilida (tillarida) ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
55. Ishlab chiqarish bir nechta tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar) tomonidan amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda har bir tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) to‘g‘risidagi ma’lumotni iste’molchilarga etkazish usuli, masalan, harflar, raqamlar, ramzlardan, boshqacha chizilgan ajratilgan shriftdan foydalanish aniq bir oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchini (ishlab chiqaruvchini) aynan aniqlash imkonini berish sharti bilan har bir tayyorlovchining (ishlab chiqaruvchining) nomi va joylashgan joyi ko‘rsatilishi mumkin.
56. Tayyorlangan joyida o‘ralmagan oziq-ovqat mahsulotlari (chakana savdo tashkilotlari tomonidan iste’mol o‘ramiga o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno) Texnik reglamentning 52-moddasida nazarda tutilgan tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) va yuridik shaxs yoki oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rashni keyinchalik realizatsiya qilish yoki tadbirkorlikning boshqa sub’ekti buyurtmasi bo‘yicha u tayyorlangan joydan boshqa joyda o‘rashni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lishi kerak.
57. Agar tayyorlovchida (ishlab chiqaruvchida) tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxs mavjud bo‘lsa, bunday tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakolat berilgan shaxsning nomi va joylashgan joyi oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatilishi kerak.
58. Boshqa mamlakatlardan etkazib beriladigan o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alashda import qiluvchining nomi va joylashgan joyi ko‘rsatiladi.
|
| |