• 4-§. Oziq-ovqat mahsulotining nomini shakllantirishga qo‘yiladigan umumiy talablar
  • -§. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar




    Download 39,05 Kb.
    bet5/12
    Sana15.12.2023
    Hajmi39,05 Kb.
    #119891
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    15 Ma\'ruza..

    3-§. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
    11. Oziq-ovqat mahsuloti joylashtirilgan transport o‘rami tamg‘asida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
    a) oziq-ovqat mahsulotining nomi;
    b) oziq-ovqat mahsulotining miqdori va massasi;
    v) oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana;
    g) oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati;
    d) oziq-ovqat mahsulotini saqlash shartlari;
    e) oziq-ovqat mahsuloti turkumini (masalan, turkum raqamini) taqqoslash imkonini beruvchi ma’lumotlar;
    j) oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan mamlakat (oziq-ovqat mahsuloti kelib chiqqan joyning nomi), tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi va joylashgan joyi.
    Agar transport o‘ramiga tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan keyinchalik qadoqlash (konfetlar, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari) uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsuloti iste’mol o‘ramisiz joylashtirilgan taqdirda, bunday oziq-ovqat mahsuloti joylashtirilgan transport o‘ramini tamg‘alash Texnik reglamentning 8-bandi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
    12. Agar transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining iste’mol o‘ramiga bosilgan tamg‘a transport o‘rami yaxlitligi buzilmagan holda iste’molchilar e’tiboriga etkazilishi kerak bo‘lgan taqdirda transport o‘ramini tamg‘alamaslikka yo‘l qo‘yiladi.
    13. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat tamg‘asida qo‘shimcha ma’lumotlar, shu jumladan oziq-ovqat mahsuloti unga muvofiq ishlab chiqilgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tovar belgisi va muvofiqlik belgilari ko‘rsatilishi mumkin.
    4-§. Oziq-ovqat mahsulotining nomini shakllantirishga qo‘yiladigan umumiy talablar
    14. Tamg‘alashda ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotining nomi uni oziq-ovqat mahsuloti sifatida etarlicha tavsiflashi va uni boshqa oziq-ovqat mahsulotidan farqlash imkonini berishi kerak.
    15. Oziq-ovqat mahsulotining fizik xossalari va (yoki) uni qayta ishlashning maxsus usullari to‘g‘risidagi ma’lumot (qayta tiklangan, dudlangan, marinadlangan, maydalangan, ionlashtiruvchi nur bilan qayta ishlangan, sublimatsiya qilingan oziq-ovqat mahsuloti va u to‘g‘risidagi shunga o‘xshash ma’lumot), agar bunday ma’lumotning mavjud emasligi sotib oluvchini chalg‘itishi mumkin bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotining nomiga kiritiladi yoki nomning bevosita yaqinida joylashtiriladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga nisbatan bunday ma’lumotga qo‘yiladigan talab oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlar bilan belgilanadi.
    16. Oziq-ovqat mahsulotining nomida, agar ular yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kirmasa, komponentlar ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    17. Agar oziq-ovqat mahsulotining tarkibida xushbo‘y hid beruvchidan foydalanilgan taqdirda, ushbu hid beruvchi bilan almashtirilgan va oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kirmaydigan komponentning nomini mazali va (yoki) xushbo‘y hidli so‘zlaridan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotining nomiga kiritishga yo‘l qo‘yiladi.
    18. Tamg‘alashda o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotining nomida «parhezli, diabetik, bolalarbop ovqat» ta’riflari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ko‘rsatiladi.
    19. Oziq-ovqat mahsulotining nomida faqat oziq-ovqat mahsulotining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligi rasman tasdiqlangan taqdirda «eko» so‘zi ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yiladi.

    Download 39,05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 39,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

    Download 39,05 Kb.