• 2-§. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
  • etiketka — tamg‘a bosiladigan va iste’mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga, shu jumladan elimlash yo‘li bilan mahkamlanadigan axborot manbai; yorliq




    Download 39.05 Kb.
    bet4/12
    Sana15.12.2023
    Hajmi39.05 Kb.
    #119891
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    15 Ma\'ruza..
    1403788937 47363
    etiketka — tamg‘a bosiladigan va iste’mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga, shu jumladan elimlash yo‘li bilan mahkamlanadigan axborot manbai;
    yorliq — o‘ramga mahkamlanadigan tamg‘alashni tushirish uchun mo‘ljallangan axborot manbai.
    2-bob. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
    1-§. Umumiy talablar
    5. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash tushunarli, oson o‘qiladigan, ishonchli bo‘lishi va sotib oluvchilarni chalg‘itmasligi kerak, yozuvlar, belgilar, ramzlar tamg‘a bosiladigan fondan keskin farq qilishi kerak. Tamg‘a bosish usuli tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan saqlash shartlariga rioya qilinganda oziq-ovqat mahsuloti yaroqliligining butun muddati mobaynida uning saqlanishini ta’minlashi kerak.
    6. Oziq-ovqat mahsuloti davlat tilidagi yozuvlar tarzida tamg‘alanadi, ma’lumotlarni boshqa tillarda takrorlashga yo‘l qo‘yiladi.
    Eksportga yuklab jo‘natiladigan oziq-ovqat mahsuloti import qiluvchi mamlakat tilida yozilishi mumkin.
    7. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga, shu jumladan nomini, tayyorlangan sanasini, yaroqlilik muddatini, oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini ko‘rsatish yuzasidan Texnik reglament talablariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha talablar belgilanishiga yo‘l qo‘yiladi.
    2-§. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar
    8. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
    a) oziq-ovqat mahsulotining nomi;
    b) oziq-ovqat mahsulotining tarkibi;
    v) oziq-ovqat mahsulotining miqdori;
    g) oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana;
    d) oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati. YAroqlilik muddati o‘rash xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti uchun o‘ram ochilgandan keyin saqlash muddati ham ko‘rsatiladi;
    e) tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan yoki oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda nazarda tutilgan oziq-ovqat mahsulotini saqlash shartlari. Saqlash shartlari o‘rashning xususiyatiga bog‘liq bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti uchun o‘ram ochilgandan keyin saqlash shartlari ham ko‘rsatiladi;
    j) ishlab chiqarilgan mamlakat (oziq-ovqat mahsuloti kelib chiqqan joyning nomi), tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi)ning nomi va joylashgan joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida import qiluvchi tashkilotning nomi va joylashgan joyi, shuningdek, mavjud bo‘lganda, tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan vakil qilingan shaxsning nomi va joylashgan joyi;
    z) foydalanish, shu jumladan, agar ushbu tavsiyalar yoki cheklashlardan foydalanmasdan uni tayyorlash qiyinchilik tug‘dirgan, yoxud iste’molchining sog‘lig‘iga, uning mol-mulkiga zarar etkazishi, oziq-ovqat mahsulotining iste’mol xossalari pasayishiga yoki yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatda oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar va (yoki) cheklashlar;
    i) oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati ko‘rsatkichlari;
    k) oziq-ovqat mahsulotining mo‘ljallanganligi (bolalarbop ovqat va parhez oziq-ovqatga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan mahsulotlar uchun);
    l) yog‘li-moyli mahsulotlar uchun — trans-yog‘ kislotalari, ichimliklar uchun — shakar mavjudligi, non-bulka mahsulotlari, go‘sht, konserva va sut mahsulotlari uchun retseptura bo‘yicha tuz mavjudligi.
    9. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda qo‘shimcha ma’lumotlar, shu jumladan oziq-ovqat mahsuloti unga muvofiq ishlab chiqarilgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tovar belgisi va muvofiqlik belgilari ko‘rsatilishi mumkin.
    10. Tarkibida 150 mg/litrdan ortiq bo‘lmagan miqdorda kofein mavjud bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar va (yoki) inson organizmiga quvvat beruvchi samarani ta’minlash uchun etarlicha miqdordagi dori vositalari va ularning ekstraktlari «18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning, homiladorlikda va ko‘krakdan emizishda, haddan ortiq asabiylikdan, uyqusizlikdan, arterial kon bosimidan azob chekuvchi shaxslarning iste’mol qilishi tavsiya etilmaydi» degan yozuv bilan tamg‘alanishi kerak.

    Download 39.05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 39.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    etiketka — tamg‘a bosiladigan va iste’mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga, shu jumladan elimlash yo‘li bilan mahkamlanadigan axborot manbai; yorliq

    Download 39.05 Kb.