|
-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining tarkibini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
|
bet | 6/12 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 39,05 Kb. | | #119891 |
Bog'liq 15 Ma\'ruza..5-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining tarkibini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
20. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kiradigan komponentlar, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlar talablariga ko‘ra o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish paytida ularning massa ulushi kamayish tartibida ko‘rsatiladi. Ushbu komponentlar ko‘rsatilishidan bevosita oldin «Tarkibi» yozuvi joylashtirilishi kerak.
21. Oziq-ovqat mahsulotida tarkibli komponent (2 va undan ortiq komponentlardan iborat) mavjud bo‘lganda oziq-ovqat mahsuloti tarkibidan Texnik reglamentning 20-bandi talablariga rioya qilingan holda bunday tarkibli komponent tarkibiga kiradigan barcha komponentlar ro‘yxati yoki tarkibli komponentga qavslarda kamayib borish tartibida ularning massa ulushi qo‘shimcha qilingan holda tarkibli komponent ko‘rsatiladi.
Agar tarkibli komponentning massa ulushi 2 va undan kam foizni tashkil etgan taqdirda, unga kiradigan komponentlarni ko‘rsatmaslikka yo‘l qo‘yiladi, oziq-ovqat qo‘shimchalari, xushbo‘y hid beruvchilar va ularning tarkibiga kiradigan oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik faol moddalar va dorivor o‘simliklar, shuningdek Texnik reglamentning 32-bandida ko‘rsatilgan komponentlar bundan mustasno.
22. Oziq-ovqat mahsulotida massa ulushi 2 va undan kam foizni tashkil etadigan komponentlar mavjud bo‘lgan taqdirda ularni, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlar bilan o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, massa ulushi 2 foizdan ortiqni tashkil etadigan komponentlardan keyin istalgan izchillikda ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
23. O‘zida oziq-ovqat mahsulotini ifodalaydigan komponentning nomi Texnik reglamentning 4-paragrafi talablariga muvofiq oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatiladi.
Texnik reglamentga 1-ilovada* nazarda tutilgan komponentlarning nomlari oziq-ovqat mahsuloti tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari tegishli turlarining nomi ostida ko‘rsatilishi mumkin, agar bunday komponentlar nomi oziq-ovqat mahsulotining nomida foydalanilgan hollar bundan mustasno.
24. Oziq-ovqat mahsulotida xushbo‘y hid beruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda tarkib tamg‘asida «xushbo‘y hid beruvchi(lar)» so‘zi bo‘lishi kerak. Masalan, «xushbo‘y hid beruvchi «SHaftoli».
25. Oziq-ovqat mahsuloti tarkibida oziq-ovqat qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan taqdirda oziq-ovqat qo‘shimchasining funksional (texnologik) vazifasi (kislotalik regulyatori, stabilizator, emulgator, boshqa funksional (texnologik) vazifasi) va nomi ko‘rsatilishi kerak, ular Xalqaro raqamli tizimga (INS) va Evropa (E) raqamli tizimiga muvofiq oziq-ovqat qo‘shimchasi indeksi bilan almashtirilishi mumkin.
Agar oziq-ovqat qo‘shimchasi har xil funksional maqsadga ega bo‘lsa, undan foydalanish maqsadlariga muvofiq bo‘lgan funksional vazifa ko‘rsatiladi. Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishda komponent sifatida foydalaniladigan uglerod ikki oksidi oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda «Gazlashtirilgan» yozuvi kiritilgan taqdirda oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatilishi talab etilmaydi.
26. Quyidagilarga nisbatan oziq-ovqat mahsulotining tarkibini ko‘rsatish talab etilmaydi:
a) yangi uzilgan mevalar (shu jumladan olma) va po‘sti olib tashlanmagan, kesilmagan yoki bunday usulda qayta ishlanmagan sabzavotlar (shu jumladan kartoshka);
b) oziq-ovqat xom ashyosining bir turidan olingan sirka (boshqa komponentlar qo‘shilmagan holda);
v) oziq-ovqat mahsulotining nomi bunday komponent mavjudligini aniqlash imkonini berishi sharti bilan bitta komponentdan iborat oziq-ovqat mahsuloti.
27. Texnik reglamentning 32-bandida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari quyidagilar komponentlarga tegishli bo‘lmaydi va oziq-ovqat mahsulotining tarkibida ko‘rsatilmaydi:
a) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida oziq-ovqat mahsulotining tarkibida ko‘rsatilgan komponentlardan chiqarib tashlanadigan va ishlab chiqarish texnologik jarayonining keyingi bosqichida ushbu birlamchi moddalarning miqdoridan ortiq bo‘lmagan miqdorda oziq-ovqat mahsulotiga qo‘shiladigan moddalar;
b) bir yoki bir necha komponentlar tarkibiga kiradigan va bunday komponentlar mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotining xossalarini o‘zgartirmaydigan moddalar;
v) aniq bir oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologik yordamchi vositalar;
g) erituvchilar, xushbo‘y hid beruvchilarning ta’mini beruvchilar yoki xushbo‘y hid beruvchi oziq-ovqat qo‘shimchalari tarkibiga kiradigan moddalar.
28. Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida konsentratsiyalashgan quyuqlashtirilgan yoki quruq oziq-ovqat mahsulotidan qayta tiklangan komponentlarni ular qayta tiklangandan keyin ularning massa ulushiga muvofiq ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
29. Mevalar (shu jumladan rezavor mevalar), sabzavotlar (shu jumladan kartoshka), yong‘oqlar, o‘tlar, qo‘ziqorinlar, tegishli aralashmalar tarkibiga kiradigan va massa ulushi bo‘yicha jiddiy farq qilmaydigan shirinliklar, ziravorlar «o‘zgaradigan nisbatlarda» yozuvi ko‘rsatilgan holda istalgan izchillikda oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatilishi mumkin.
30. Tarkibiga shirinlashtiruvchilar, shakar-spirtlar kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alashga bevosita oziq-ovqat mahsulotining tarkibi ko‘rsatilganidan keyin «Tarkibida shirinlashtiruvchi (shirinlashtiruvchilar) mavjud. Ko‘p iste’mol qilganda bo‘shashtiruvchi holatga olib kelishi mumkin» degan yozuv qo‘shimcha qilinishi kerak.
31. Iste’mol qilinishi allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki Texnik reglamentning 32-bandida ko‘rsatilgan kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoiz bo‘lgan komponentlar (shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalari, xushbo‘y hid beruvchilar), biologik faol qo‘shimchalar ularning miqdoridan qat’i nazar, oziq-ovqat mahsuloti tarkibida ko‘rsatiladi.
32. Quyidagilar iste’mol qilinishi allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yoki kasalliklarning ayrim turlarida iste’mol qilish nojoiz bo‘lgan eng ko‘p tarqalgan komponentlarga tegishlidir:
a) eryong‘oq va uni qayta ishlash mahsulotlari;
b) aspartam, aspartam-atsesulfam tuzi;
v) xantal va uni qayta ishlash mahsulotlari;
g) agar ularning umumiy hajmi oltingugurt dioksidiga qayta hisoblab chiqishda bir kilogrammga 10 milligrammdan ortiqni yoki 1 litrga 10 milligrammdan ortiqni tashkil etsa oltingugurt dioksidi va sulfitlar;
d) tarkibida glyuten bo‘lgan o‘tlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
e) kunjut va uni qayta ishlash mahsulotlari;
j) lyupin (bo‘rilukkak) va uni qayta ishlash mahsulotlari;
z) mollyuskalar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
i) sut va uni qayta ishlash mahsulotlari (shu jumladan laktoza);
k) yong‘oq va uni qayta ishlash mahsulotlari;
l) qisqichbaqasimonlar va ularni qayta ishlash mahsulotlari;
m) baliq va uni qayta ishlash mahsulotlari (tarkibida vitaminlar va karotinoidlar mavjud bo‘lgan preparatlarda asos sifatida foydalaniladigan baliq jelatinidan tashqari);
n) selderey va uni qayta ishlash mahsulotlari;
o) soya va uni qayta ishlash mahsulotlari;
p) tuxum va uni qayta ishlash mahsulotlari.
33. Komponentlarning allergen xossalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatish talab etilmaydi, oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda ulardan foydalanilgan taqdirda uning tarkibi ko‘rsatilgandan keyin «Fenilalanin manbai mavjud» yozuvi joylashtirilishi kerak bo‘lgan tuzning aspartami va aspartam-atsesulfami to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno.
34. Tarkibida donli komponentlar mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun mahsulot tarkibi ko‘rsatilgandan keyin, agar tarkibida glyuten mavjud bo‘lgan donli komponentlardan foydalanilmagan yoki glyuten olib tashlangan taqdirda «Tarkibida glyuten mavjud emas» degan yozuvni joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
35. Agar Texnik reglamentning 32-bandida belgilangan komponentlardan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilmagan, biroq ularning oziq-ovqat mahsulotida mavjudligi to‘liq istisno etilmagan hollarda bunday komponentlar mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumot bevosita oziq-ovqat mahsulotining tarkibi ko‘rsatilgandan keyin joylashtiriladi.
36. Tarkibida rang beruvchilar (E122 azorubin, E104 sariq xinolin, FCF E110 sariq «quyosh botishi», AS E129 qizil maftunkor, 4R E124 ponso va E102 tartrazin) oziq-ovqat mahsulotlari uchun «Tarkibida rang beruvchi (rang beruvchilar) mavjud, ular bolalarning faolligiga va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin» degan ogohlantiruvchi yozuv yozilishi kerak.
Alkogolli ichimliklar va tamg‘alash uchun ko‘rsatib o‘tilgan rang beruvchilardan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari (so‘yilgan mol go‘shti, go‘sht mahsulotlari, tuxum) bundan mustasno.
|
| |