|
-bob. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan unga qo‘yiladigan talablarning muvofiqligini ta’minlash
|
bet | 12/12 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 39,05 Kb. | | #119891 |
Bog'liq 15 Ma\'ruza..3-bob. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan unga qo‘yiladigan talablarning muvofiqligini ta’minlash
87. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashning Texnik reglament talablariga muvofiqligi tamg‘alashga qo‘yiladigan uning bevosita talablarini bajarish va oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablarni belgilovchi oziq-ovqat mahsulotlari ayrim turlariga texnik reglamentlar talablari bajarilishi bilan ta’minlanadi.
4-bob. O‘tish davri
88. Texnik reglament amalga kiritilgan paytdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan va oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga talablarni belgilaydigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ular Texnik reglamentga muvofiqlashtirilguniga qadar Texnik reglamentga zid bo‘lmagan qismlari yuzasidan qo‘llaniladi.
5-bob. Texnik reglament talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
89. Texnik reglament talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning hududiy organlari, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
90. Nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari Texnik reglament talablariga muvofiq bo‘lmagan tamg‘alangan oziq-ovqat mahsulotlari muomalaga chiqarilishining oldini olish, shuningdek bunday mahsulotlarni bozorda muomaladan olib qo‘yish uchun barcha choralarni ko‘rishi shart.
6-bob. Texnik reglament talablari buzilganligi uchun javobgarlik
91. Texnik reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
|
| |