|
-jadval
Asosiy oziq moddalarni oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymatiga (kaloriyaligiga) qayta hisoblab chiqish
KOEFFITSIENTLARI
|
bet | 11/12 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 39,05 Kb. | | #119891 |
Bog'liq 15 Ma\'ruza..3-jadval
Asosiy oziq moddalarni oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymatiga (kaloriyaligiga) qayta hisoblab chiqish
KOEFFITSIENTLARI
Asosiy oziq moddalar
|
Qayta hisoblab chiqish koeffitsientlari
|
Oqsillar
|
4 kkal/g — 17 kDj/g
|
Uglevodlar, shu jumladan mono- va disaxaridlar (shakar-spirtlardan tashqari)
|
4 kkal/g — 17 kDj/g
|
SHakar-spirtlar (eritritdan tashqari)
|
2,4 kkal/g — 10 kDj/g
|
Eritrit
|
0
|
YOg‘lar, yog‘li kislotalar
|
9 kkal/g — 37 kDj/g
|
Organik kislotalar
|
3 kkal/g — 13 kDj/g
|
Salatrim
|
6 kkal/g — 25 kDj/g
|
Etanol
|
7 kkal/g — 29 kDj/g
|
Oziq tolalar
|
2 kkal/g — 8 kDj/g
|
75. A vitamin va A provitamin miqdorini aniqlashda retinolning bir mikrogrammi yoki retinol ekvivalent beta-koratinning 6 ta mikrogrammiga mosligi hisobidan kelib chiqib o‘tkazma koeffitsientdan foydalaniladi.
11-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi axborotni ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
76. Oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumot Texnik reglamentga 3-ilovaga* muvofiq tamg‘alashda ixtiyoriylik asosida ko‘rsatiladi.
77. Oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumot tamg‘alashda faqat, agar oziq-ovqat mahsulotlarining texnik reglamentlarida o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, ushbu belgilar Texnik reglamentga 3-ilovada keltirilgan shartlarga muvofiq bo‘lganda ko‘rsatilishi mumkin.
* Ilovaga 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
78. Oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati yuzasidan uning farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotga oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini belgilovchi tegishli oziq moddalar soni ko‘rsatilgan holda ilova qilinishi kerak.
12-§. Tamg‘alashni etkazish usullariga qo‘yiladigan talablar
79. Texnik reglamentning 8-bandi a) — e)-kichik bandlarida va 31-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar ularni iste’mol o‘ramidan chiqarib tashlash qiyin bo‘lgan iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga bosilishi kerak.
80. Texnik reglamentning 8-bandi j), z), i), k), l)-kichik bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) suqma varaqqa, va (yoki) har bir o‘rash birligiga joylashtiriladigan yoxud har bir o‘rash birligiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi kerak.
81. Agar oziq-ovqat mahsuloti iste’mol o‘ramining katta yuzasi maydoni 10 kvadrat santimetrdan ortiq bo‘lmasa, Texnik reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir iste’mol o‘ramiga, yoki har bir transport o‘ramiga joylashtiriladigan, yoxud har bir iste’mol o‘ramiga yoki har bir transport o‘ramiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi kerak.
82. Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlashda chakana savdo tashkilotlari tomonidan iste’molchi bo‘lmaganida iste’mol o‘ramiga yoki unga mahkamlangan etiketkada oziq-ovqat mahsulotining nomi, u tayyorlangan sana, uning yaroqlilik muddati, saqlash shart-sharoitlari ko‘rsatilishi kerak.
Texnik reglamentning 8 va 31-bandlarida nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar iste’molchiga ushbu oziq-ovqat mahsulotini asosli tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan istalgan usul bilan (shu jumladan iste’mol o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir o‘ralgan birlikka joylashtiriladigan yoki mahsulotning har bir o‘ram birligiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosish yo‘li bilan) iste’molchiga etkaziladi.
83. Texnik reglamentning 8 va 31-bandlarida bevosita transport o‘ramiga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek qadoqlash iste’molchi ishtirokida chakana savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan nazarda tutilgan ma’lumotlar iste’molchiga ushbu oziq-ovqat mahsulotini asosli tanlash imkoniyatini ta’minlaydigan istalgan usul bilan etkaziladi.
84. Texnik reglamentning 2-paragrafida nazarda tutilgan bevosita transport o‘ramiga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash transport o‘ramiga va (yoki) etiketkaga, va (yoki) har bir transport o‘ramiga joylashtiriladigan yoki har bir transport o‘ramiga ilova qilinadigan suqma varaqqa bosilishi, yoxud oziq-ovqat mahsulotiga ilova qilinadigan hujjatlarda mavjud bo‘lishi kerak.
85. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda iste’mol o‘ramida mavjud bo‘lmagan yoki oziq-ovqat mahsulotini yoki iste’mol o‘ramidagi oziq-ovqat mahsulotlari komponentlarini tayyorlashda foydalanilmagan yoki mazasi va (yoki) hidi iste’mol o‘ramidagi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradigan komponentlarga o‘xshatilmaydigan oziq-ovqat mahsulotlari tasviri bo‘lmasligi kerak, Texnik reglamentning 85-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
86. Tayyorlashda ushbu oziq-ovqat mahsuloti qo‘llaniladigan taomning tasviri tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashga «tayyorlangan taom varianti» so‘zlari yoki mazmuni bir xil bo‘lgan shunday so‘zlar ilova qilinishi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-jadval
Asosiy oziq moddalarni oziq-ovqat mahsulotining energetika qiymatiga (kaloriyaligiga) qayta hisoblab chiqish
KOEFFITSIENTLARI
|