• 2-§. Terminlar va ta’riflar 4. Texnik reglamentda quyidagi terminlar va ta’riflardan foydalaniladi: oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana
  • Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi




    Download 39,05 Kb.
    bet2/12
    Sana15.12.2023
    Hajmi39,05 Kb.
    #119891
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    15 Ma\'ruza..

    Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi
    UMUMIY TEXNIK REGLAMENT
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-§. Maqsadlari va qo‘llanish sohasi
    1. Ushbu Umumiy texnik reglament (keyingi o‘rinlarda Texnik reglament deb ataladi) iste’molchilarning oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risida ishonchli ma’lumotga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida oziq-ovqat mahsulotiga uni tamg‘alash yuzasidan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
    2. Texnik reglament umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan joyda iste’mol qilish uchun ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotiga, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan keyinchalik realizatsiya qilmasdan shaxsan iste’mol qilish uchun ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotiga tatbiq etilmaydi.
    3. Agar boshqa texnik reglamentlarda oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini tamg‘alashga nisbatan talablar belgilangan bo‘lsa, u holda oziq-ovqat mahsulotlarining ushbu turlarini tamg‘alash amal qilishi ularga joriy etiladigan barcha texnik reglamentlarning talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
    2-§. Terminlar va ta’riflar
    4. Texnik reglamentda quyidagi terminlar va ta’riflardan foydalaniladi:
    oziq-ovqat mahsuloti tayyorlangan sana — oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishning texnologik jarayoni tamom bo‘lgan sana;
    tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) — o‘z nomidan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaruvchi va uning Texnik reglament talablariga muvofiqligi uchun mas’ul bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
    oziq-ovqat mahsulotining farqlanuvchi belgilari to‘g‘risidagi ma’lumot — oziq-ovqat mahsulotining xossalari mavjudligidan dalolat beruvchi, uni boshqa oziq-ovqat mahsulotidan farqlash (shu jumladan oziqlik qimmati, kelib chiqish joyi, tarkibi, boshqa xossalari) imkonini beruvchi oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    suqma varaq — tamg‘a qo‘yiladigan va iste’mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga joylashtiriladigan yoxud iste’mol o‘ramiga va (yoki) transport o‘ramiga ilova qilinadigan axborot manbai;
    tamg‘a — iste’mol o‘ramiga, transport o‘ramiga, suqma varaqqa, etiketkaga yoki yorliqqa tushiriladigan yozuvlar, rasmlar, belgilar, ramzlar, boshqa belgilar va (yoki) ularning kombinatsiyalari tarzidagi oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘risidagi ma’lumot;

    Download 39,05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 39,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi

    Download 39,05 Kb.