|
-§. Tamg‘alashda o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ko‘rsatilishiga qo‘yiladigan umumiy talablar
|
bet | 7/12 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 39,05 Kb. | | #119891 |
Bog'liq 15 Ma\'ruza..6-§. Tamg‘alashda o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ko‘rsatilishiga qo‘yiladigan umumiy talablar
37. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori ushbu mahsulotni tamg‘alashda hajm (millilitr yoki litrlarda), massa (grammlar yoki kilogrammlarda) yoki sanoq (donalarda) birliklarida ko‘rsatiladi. Bunda ushbu birliklarning qisqartirilgan nomidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Donalab sotiladigan tuxum, meva, sabzavotlarning massasi yoki hajmi ko‘rsatilmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
38. O‘ralgan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdorini ko‘rsatish uchun miqdorni tanlash, donalab sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, quyidagi qoidalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi:
a) agar oziq-ovqat mahsuloti suyuq bo‘lsa, u holda uning hajmi ko‘rsatiladi;
b) agar oziq-ovqat mahsuloti kukunsimon, qayishqoq yoki qayishqoq-plastik konsistensiyali bo‘lsa, u holda yoxud uning hajmi yoxud massasi ko‘rsatiladi;
v) agar oziq-ovqat mahsuloti qattiq, sochiluvchi bo‘lsa, qattiq va suyuq moddaning aralashmasidan iborat bo‘lsa, u holda uning massasi ko‘rsatiladi.
Oziq-ovqat mahsulotining sonini ko‘rsatish uchun ikkita miqdordan ayni bir vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi, masalan, donaning massasi va soni, massa va hajm.
39. Guruh qilib o‘rashda oziq-ovqat mahsuloti sonini ko‘rsatish quyidagi tarzda amalga oshirilishi zarur:
a) agar bir nomdagi oziq-ovqat mahsuloti bir nechta iste’mol o‘ramlariga joylashtirilgan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotini guruh qilib o‘rashda mahsulotning umumiy soni va iste’mol o‘ramlari soni ko‘rsatiladi;
b) agar o‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti uchun guruhli o‘ramning xossasi oziq-ovqat mahsulotining soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaxshi ko‘rish va iste’mol o‘ramlari sonini hisoblash oson bo‘lsa, u holda guruhli o‘ramda ularning ko‘rsatmaslikka yo‘l qo‘yiladi;
v) agar o‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti har xil turdagi va nomdagi va (yoki) turli nomdagi alohida buyumlardan iborat bo‘lgan bir nechta iste’mol o‘ramlaridan iborat bo‘lsa, u holda o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini guruhli o‘rashda har bir iste’mol o‘ramining nomi va mahsulotlar soni va (yoki) donaning nomi, soni, yoxud har bir buyumning massasi ko‘rsatiladi.
40. Transport o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining soni har bir o‘ram birligiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsuloti soni ko‘rsatilgan holda hajm (millilitrlar yoki litrlarda) yoki massa (grammlar yoki kilogrammlarda) birliklarida yoxud transport o‘ramidagi o‘rash birliklari sonida (donalarda) ko‘rsatiladi. Bunda ushbu birliklarning qisqartirilgan nomlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
41. Agar oziq-ovqat mahsuloti suyuq muhitga, masalan suvga, shakarning suvli eritmasiga, oziq-ovqat kislotalarining suvli eritmalariga, tuzning suvli eritmalariga, namakoblarga, sirkaga, mevali yoki sabzavotli sharbatlarga joylashtirilgan taqdirda oziq-ovqat mahsulotining hajmi yoki massasi suyuq muhit bilan birga ko‘rsatilishi bilan birgalikda suyuq muhitga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotining qo‘shimcha hajmi yoki massasi ko‘rsatilishi kerak. Ushbu talab keyinchalik muzlatilgan holda suyuq muhitga joylashtiriladigan oziq-ovqat mahsulotiga ham joriy etiladi.
42. O‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti soni noaniq ko‘rsatilishiga va o‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti soni qiymati diapazoni ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
|
| |