|
-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
|
bet | 9/12 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 39,05 Kb. | | #119891 |
Bog'liq 15 Ma\'ruza..10-§. Tamg‘alashda oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmatini ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar
59. Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatiladigan uning oziqlik qimmati quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
a) energetika qiymati (kaloriyaligi);
b) oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori;
v) vitaminlar va mineral moddalar miqdori.
60. Xushbo‘y hid beruvchilar, chaynalanadigan saqich, kofe, mineral suv, shishaga solingan ichimlik suv, oziq-ovqat qo‘shimchalari, xom oziq-ovqat mahsulotlari (qo‘ziqorinlar, hayvonlarning so‘yilgandan keyingi mahsulotlari, parrandalar, baliqlar, sabzavotlar (shu jumladan kartoshka), mevalar, shu jumladan rezavor meva), osh tuzi, xushta’m beruvchilar, ziravorlar, sirka, choyning oziqlik qimmati, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ushbu turlariga texnik reglamentlarda o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa ko‘rsatilmasligi mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda nazarda tutilgan hollarda oziq-ovqat mahsulotlari boshqa turlarining oziqlik qimmati ko‘rsatilmasligi mumkin.
61. Oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati oziq-ovqat mahsulotining 100 grammi yoki 100 millilitri va (yoki) bir porsiyasi hisobidan (uni tamg‘alashda bunday porsiyaning soni albatta ko‘rsatilgan holda bir porsiya sifatida ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotining belgilangan soni) keltirilishi kerak.
62. Oziq-ovqat mahsulotining energetik qiymati (kaloriyaliligi) joularda va kaloriyalarda yoki ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarning karra yoki ulushli birliklarida ko‘rsatilishi kerak.
63. Oziq moddalar, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotidagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori grammlarda yoki ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarning karra yoki ulushli birliklarida ko‘rsatilishi kerak.
64. Oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori milligrammlar yoki mikrogrammlarda yoki o‘lchovlarning birligini ta’minlash sohasida O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashga yo‘l qo‘yilgan miqdorlarning boshqa birliklarida ko‘rsatilishi kerak.
65. Oziq-ovqat mahsulotidagi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori va uning energetik qiymati (kaloriyaliligi) oqsillar, yog‘lar, uglevodlarga va energetik qimmatga (kaloriyalikka) nisbatan ko‘rsatilishi kerak, ular uchun bunday miqdor 100 gramm yoki 100 millilitrda yoxud oziq-ovqat mahsulotining bir porsiyasida (oziqlik qimmati 1 porsiya hisobidan keltirilgan holatda) katta yoshli kishining oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va energiyaga bo‘lgan o‘rtacha sutkalik ehtiyojini aks ettiruvchi miqdorlarning 2 va undan ortiq foizini tashkil etadi. Boshqa hollarda oqsillar, yog‘lar, uglevodlar miqdori va oziq-ovqat mahsulotining energetik qimmati (kaloriyaliligi) tayyorlovchining (ishlab chiqaruvchining) xohishi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
66. Oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori, agar vitaminlar va mineral moddalar oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida unga qo‘shilgan bo‘lsa, ko‘rsatilishi kerak. Boshqa hollarda oziq-ovqat mahsulotidagi vitaminlar va mineral moddalar miqdori ular uchun bunday miqdor 100 gramm yoki 100 millilitrda yoxud oziq-ovqat mahsulotining bir porsiyasida (bir porsiya hisobiga oziqlik qimmati keltirilgan holatda) katta yoshli kishining vitaminlar va mineral moddalarga o‘rtacha sutkalik ehtiyojini aks ettiruvchi miqdorlarning 5 va undan ortiq foizini tashkil etadigan vitaminlar va mineral moddalarga nisbatan ko‘rsatilishi mumkin.
67. Katta yoshli aholi uchun energiyaga va oziq moddaga bo‘lgan ehtiyojning o‘rtacha sutkalik me’yori Texnik reglamentga 2-ilovaga* muvofiq belgilanadi.
68. Texnik reglamentning 65 — 67-bandlarida ko‘rsatilgan va iste’molchilarning ayrim toifalari uchun mo‘ljallangan o‘ralgan oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda oziqlik qimmati ko‘rsatkichlarini ko‘rsatish uchun hisob-kitob iste’molchilarning ushbu toifasi uchun o‘rtacha sutkalik ehtiyoj bo‘yicha yuritiladi.
69. Manbai ushbu biologik faol qo‘shimchalar hisoblangan moddalarga nisbatan biologik faol qo‘shimchalar uchun boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun esa — bunday oziq-ovqat mahsulotini boyitish uchun foydalanilgan moddalarga nisbatan Texnik reglamentga 2-ilovada belgilangan me’yorlarga nisbatan foizlarda qo‘shimcha ravishda oziqlik qimmati ko‘rsatilishi kerak.
70. Iste’molchilar tomonidan tayyorlanishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotining oziqlik qimmati ko‘rsatkichlari qiymati uni keyinchalik tayyorlash hisobga olinmasdan bunday oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alashda ko‘rsatiladi.
71. Oziq-ovqat mahsulotlarining oziqlik qimmati ko‘rsatkichlari oziq-ovqat mahsulotini tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan tahliliy yoki hisob-kitob yo‘li bilan aniqlanadi.
72. Oziq-ovqat mahsulotining energetik qimmatini (kaloriyaliligini) va undagi oqsillar, yog‘lar miqdorini ko‘rsatishda, agar oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlariga texnik reglamentlarda o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, 1 va 2-jadvallarga muvofiq qiymatlarni yiriklashtirish qoidalari qo‘llaniladi.
|
| |