15-ma’ruza 15-Mavzu: umumiy va maxsus texnik reglamentlar yaratilish, tasdiqlash va ro`yhatdan o`tkazish tartibi. Reja




Download 39,05 Kb.
bet3/12
Sana15.12.2023
Hajmi39,05 Kb.
#119891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
15 Ma\'ruza..

oziq-ovqat mahsuloti — oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqatlar va ularning tarkibiga kirgan narsalar;
oziq-ovqatlar — oziq-ovqat xom ashyosidan tayyorlanadigan va tabiiy yoki qayta ishlangan holda ovqat uchun ishlatiladigan mahsulotlar;
iste’molchi — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan faqat shaxsiy, oilaviy, uy ehtiyojlari va boshqa ehtiyojlar uchun buyurtma berish yoki sotib olish niyatidagi yoxud oziq-ovqat mahsulotiga buyurtma beruvchi, sotib oluvchi yoki undan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
iste’mol o‘rami — mahsulotni birlamchi o‘rash va pirovard iste’molchiga sotish uchun mo‘ljallangan o‘ram;
sotib oluvchi— oziq-ovqat mahsulotini istalgan maqsadlarda foydalanish uchun sotib oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan iste’molchi;
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati — tamg‘alashda qayd qilingan vaqt davri, ushbu vaqt mobaynida oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilangan unga qo‘yiladigan xavfsizlik talablariga to‘liq muvofiq bo‘lishi, shuningdek tayyorlovchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan belgilangan saqlash shartlariga rioya qilinganda o‘z iste’mol xossalarini saqlab qolishi kerak va ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin oziq-ovqat mahsuloti sotilmasligi va belgilangan maqsadda foydalanilmasligi kerak;
tovar belgisi — turli yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yaratilgan oziq-ovqat mahsulotini farqlash uchun xizmat qiladigan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgi;
transport o‘rami — oziq-ovqat mahsulotini saqlash va tashish, shuningdek joyini o‘zgartirishda uni shikastlanishdan himoya qilishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan va mustaqil transport birligini hosil qiladigan o‘ram;
o‘ralgan oziq-ovqat mahsuloti — iste’mol o‘ramiga joylashtirilgan oziq-ovqat mahsuloti;
o‘ram — oziq-ovqat mahsulotini joylashtirish, himoya qilish, tashish, saqlash, tashish va namoyish qilish uchun mo‘ljallangan buyum;

Download 39,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 39,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



15-ma’ruza 15-Mavzu: umumiy va maxsus texnik reglamentlar yaratilish, tasdiqlash va ro`yhatdan o`tkazish tartibi. Reja

Download 39,05 Kb.