|
Standartlashtirish, sertifikatsiyalash va metralogiya fanini vazifasi va mohiyati
|
Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 18,43 Kb. | | #148471 |
Bog'liq Mavzu
Mavzu: Standartlashtirish, sertifikatsiyalash va metralogiya fanini vazifasi va mohiyati
I. O‟quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta‟limdagi o‟rni
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning zamonaviy bosqichida standartlashtirish sertifikasiya va metrologiyaning roli barcha muammolarni yechishga asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarnni bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari xamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i zarur. Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya fanini o‘rganish talabalarda standartlashtirish, sertafikatlashtirish va metrologiya bo‘yicha qoidalarni, talablarni, me‘yorlarni standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalarini, me‘yoriy hujjatlarni bilishini imkonini beradi. Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini ta‘minlashda, eng muximi respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘ta muhim masalalaridan biri sanaladi. Shuning uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash jarayoni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya bilan bog‘liq keng masalalar doirasini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi. Shu sababli ular joizlik va o‘tqazishlarning yagona tizimini, texnologik va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirishda aniq me‘yorlarini ko‘rsatishni, turli birikmalar uchun standart o‘tqazishlarni hisoblashni va tanlashni, chizma va texnologik xaritalarda uchrashi mumkin bo‘lgan shartli belgilarni bilishlari kerak
. II.O‟quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanning maqsadi – talabalarga standartlashtirish to‘g‘risida tushuncha, standartlashtirishdagi asosiy atamalar, standartlarning kategoriyalari va turlari, mahsulot va uning sifati to‘g‘risida tushuncha, sanoat mahsulotlarining tasniflanishi, mahsulot sifatini baholash, sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar, sertifikatlashtiriluvchi mahsulot to‘g‘risida tushuncha, sertifikatlashtirishda me‘yoriy hujjatlar, metrologiya va texnik o‗lchashlar, metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar, o‘zaro almashinuvchanlik tushunchasi, detallarning o‘lchamlari to‘grisida tushuncha, o‘tqazishlarning turlari, detallarning joizlik maydonlari, to‗g‗risida asosiy tushunchalar berishni ko‗zda tutadi. Ushbu fanning vazifasi – talabalarda standartlashtirish, sertifikatlashtirish hamda maxsulot sifati va uni boshqarish, detallarning o‗lchamlarini aniqlash, o‘tqazishlarni tanlash, detallarning joizlik maydonlarini sxemada tasvirlash, haqidagi bilimlarni shakllantirishdan iborat. 2.1. Fan bo„yicha talabalarning bilim, ko„nikma va malakasiga qo„yiladigan talablar standartlarni nazorat qilish to„g„risida tasavvurga ega bo„lishi kerak; mashina va mexanizm detallarining ishga yaroqliligi mezonlari asosida loyihalash va tekshirish metodlari; mexanizm va mashinalarni struktura guruhlarga bo‗lish metodi va ularning sintezi, kinematik va dinamik xarakteristikasiga ko‗ra hisobi bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo„llay olishi kerak; mashina detallari konstruksiyasini ruxsat etilgan kuchlanish va yuk ko‗tarish qobiliyati, bikrlik, ustuvorlik va chidamlilikni hisoblash metodi; texnologik uskunalar va asbob uskunalarning tuzilishi; asbob uskunalarni ustaxonalarda o‗rnatilishini; o‗lchash asboblarining ishlash prinsipi; o‗lchash va nazorat qiluvchi asboblar, tipik detallarning geometrik parametrlarini o‗lchash bo‗yicha ko„nikmalariga ega bo„lishi kerak. 2.2. Fanning o„quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o„zaro bog„liqligi va uslubiy jihatidan uzviy ketma-ketligi Standartlash, sertifikatsiya va metrologiya» fanini o‗qitishda «Materialshunoslik», «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi», «Umumiy psixologiya», «Mehnat ta`limi praktikumi», «Oliy matematika asoslari», «Fizika», «Texnik mexanika» va boshqa fanlar bilan uzviy bog‗lab olib boriladi. 7 2.3. Fanning ta`limdagi o„rni Mazkur fanni o‗qitishda umumiy o‗rta ta`lim maktablari mehnat ta`limi darslari bilan bevosita aloqada bo‗lib, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida o‗lchov va nazorat qilish asbob-uskunalari, vositalariga qo‘yilgan talablar haqida o‗quvchilarga bilim berilishi ko‗zda tutilgan. Hozirgi davrda xalq xujaligining etakchi sohalari bo‘lgan mashmnasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik (aviatsiya) va kosmonavtikaning jadal sur`atda rivojlanishi ma`lum darajada bu faniga bog`liq. 2.4. Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Fanga doir darslik, qo‘llanma, myetodik ko‘rsatmalar ma'ruza matni va ko‘rgazmali plakatlardan foydalaniladi. Shuningdyek talabalar faolligini oshirish uchun dars jarayonida savol-javob, diskussiya, suhbat, didaktik o‘yinlar hamda intyeraktiv pyedagogik tyexnologiyalar qo‘llaniladi. Fanga doir elektron darslik, qo‘llanma, myetodik ko‘rsatmalar ma'ruza matni va ko‘rgazmali plakatlardan foydalaniladi. Shuningdyek talabalar faolligini oshirish uchun dars jarayonida savol-javob, diskussiya, suhbat, didaktik o‘yinlar hamda intyeraktiv pyedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi Talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda plakatlar, chizmalar, namunalar, yo‘riqnoma texnologik xaritalar, ko‘rgazmali texnik vositalardan «kompyuter texnikasi, kinofilm, videofilm, diafilm, slayd va elektron versiyalardan» yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, bilim ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ko‘zda tutiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta‘lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyihalashtirilayotganda,albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishini nazarda tutadi. Tizimli yondashuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonnning mantiqiyligi uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta‘lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi. Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruratini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘zini-o‘zi faollashtirishi va o‘zini-o‘zi ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta‘lim. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash. O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari va amaliy ishlar. O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux. O‘qitish vositalari: o‘qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikasiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blis-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati , nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati. 8 Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test orqali yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baxolanadi. «Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya» fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi. III. Asosiy nazariy qism 1. Kirish. ―Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya‖ fanining maqsad va vazifalari
|
| |