|
Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va metodlari
|
bet | 1/7 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 69 Kb. | | #106643 |
Bog'liq HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI
Reja:
Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti.
Hozirgi zamon psixologiya fanining metodlari.
a) Kuzatish
b) Eksperiment
Psixologik tadqiqot o`tkazish bosqichlari.
Tayanch iboralar. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi, uning asosiy tarmoqlari. Psixologiya fanining ilmiy tekshirish metodlari. Kuzatish. eksperiment: laboratoriya va tabiiy eksperiment. Psixodiagnostika metodlari va ularning qo`llanilishi: suhbat, anketa, faoliyat jarayoni va uning mahsulotlarini tahlil qilish.Test metodi va uning qo`llanilishi.
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILIShI
Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog`langan, g`oyat tarmoqlanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo`yicha klassifikatsiya qilish mumkin:
1) konkret faoliyatning psixologik tomoni;
2) taraqqiyotning psixologik tomoni;
3) insonning (taraqqiyot va faoliyat sub`ekti sifatida) jamiyatga bo`lgan munosabatining psixologik tomoni.
Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo`yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko`rsatish mumkin.
MEHNAT PSIXOLOGIYASI. Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik asoslarini o`rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta`sirini o`rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi.
Mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan bir qancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Shulardan biri INJENERLIK PSIXOLOGIYASI. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o`rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi muammolarni o`rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o`rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi.
|
| |