• SOSIAL PSIXOLOGIYA
  • PSIXOLOGIYA FANINING ASOSIY PRINTSIPLARI
  • Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va metodlari




    Download 69 Kb.
    bet3/7
    Sana27.11.2023
    Hajmi69 Kb.
    #106643
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT METODLARI
    4 Активларни идентификация қилиш, 11, VIRTUAL OYINLAR, ALGORITMLARNING XOZIRGI KUNDAGI O`RNI, Agressiya va uning shakllari, verbal, jismoniy agressiya, BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING TASVIRIY AMALIY VA HAYKALTAROSHLIK SAN’ATI BO’YICHA LAYOQATLARINI RIVOJLANTIRISH, baliq, ABBYY FineReadr dasturi haqida boshlang`ich ma\'lumotlar, Algaritim va uning xossalar, GLOBALLASHUV JARAYONIDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI, Didaktika fani va uning vazifalari, Asanova Sholpan, INTERFAOL TA’LIM METODLARI333, 2-amaliy ish topshiriq
    SAVDO PSIXOLOGIYASI - xaridorlar psixologiyasini, talablarini, ularning individual xususiyatlarini hisobga olish, xizmat ko`rsatishning psixologik omillari, reklamalarni tayyorlash, ularning xaridorga ta`siri kabi masalalarni o`rganadi.
    YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI - psixik xususiyatlarning yosh davomidagi dinamikasini, psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o`rganadi. YOsh davrlari psixologiyasi quyidagi tarmoqlarga ega: bolalar psixologiyasi, o`smirlar psixologiyasi, o`spirin yoshlar psixologiyasi, katta yoshli kishilar psixologiyasi, gerantopsixologiya (qariyalar psixologiyasi).
    SOSIAL PSIXOLOGIYA (ijtimoiy psixologiya ham deb yuritiladi) - kishilar orasidagi munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni o`rganadi. Uning predmeti turli xildagi uyushgan va uyushmagan, rasmiy va norasmiy birlashmalardagi shaxslararo munosabatlarni o`rganish. Sosial psixologiya ijtimoiy kayfiyatni, taqlid qilish hodisasini, "psixologik yukish"ni, guruhlarda tabaqalanish va liderlik hodisalarini o`rganadi.
    Shu tartibda psixologiya fanining boshqa sohalarini ham ko`rib chikish mumkin. Biz ulardan ba`zilarni sanab o`tish bilan cheklanamiz xalos. Bularga differentsial psixologiya, siyosiy psixologiya, iqtisod psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, anomal taraqqiyot psixologiyasi va uning tarmoqlari, qiyosiy psixologiya (zoopsixologiya ham deb yuritiladi) va boshqalar.
    PSIXOLOGIYA FANINING ASOSIY PRINTSIPLARI
    Hozirgi zamon psixologiya fanining quyidagi printsiplari ko`rsatib o`tish mumkin: determinizm printsipi, ong va faoliyat birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsipi.
    Determinizm printsipiga ko`ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va yashash sharoiti o`zgarishi bilan o`zgaradi. Agar hayvon psixikasi haqida gapiradigan bo`lsak, uning taraqqiyoti biologik qonuniyatlar asosida ruy beradi. Inson psixikasining taraqqiyotiga esa ishlab chiqarish usullari, ijtimoiy tarixiy omillar ta`sir qiladi.
    Ong va faoliyat birligi - ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, ular bir butunlikni tashqil qiladilar. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning dasturini tashqil etadi.
    Psixikaning faoliyatda rivojlanishi printsipiga ko`ra psixika taraqqiyot mahsuli, faoliyat natijasi deb qaraladi. Faoliyat jarayonida (o`qish, o`yin, mehnat) odam ijtimoiy tajribani o`zlashtiradi, bu esa psixik taraqqiyotning faqat insongagina xos shaklini tarkib toptiradi.

    Download 69 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va metodlari

    Download 69 Kb.