|
-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish xuquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditasiya kilish
| bet | 66/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi18.1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish xuquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditasiya kilish.
19-modda. Metrologiya normalari va koidalarini buzganlik uchun javobgarlik.
5 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash.
21-modda. Metrologik ishlar va xizmatlar uchun xaq to‘lash.
O‘lchov vositalarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestasiya kilish, normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza kilish, texnik jihatdan asos-liligi hamda belgilangan metrologiya normalari va koidalariga muvofiqligini baholash, o‘lchovlarning bajarilish sifatini baholash bo‘yicha yuridik hamda jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan metrologiya ishlari va xizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaxslar tomonidan xak tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq to‘lanadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi modda).
Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yxati belgisi qo‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish xuquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditasiya kilish
|