|
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi
|
bet | 74/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiMetrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi.
Metrologik tekshiruv – o‘lchash jarayoni elementlarini meyoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o‘z ichiga olgan vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
Metrologik nazorat – o‘lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va o‘rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.
O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish – o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan texnikaviy talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari (vakolat berilgan boshqa idoralar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‘lchash birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini ishlab chiqish, yaratish (ta’mirlash, sotish, ijaraga berish) uchun litsenziya - davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish xuquqini guvohlantiruvchi hujjat.
3-Amaliy mashg‘ulot. STANDART,ULARNING TURLARI ,ISHLAB CHIQISH TARTIBLARI, TASDIQLANISHI,STANDARTLARNI RO’YXATDAN O’TKAZISH TARTIBI
Reja:
1. Standartlarni ishlab chiqish tartibi.
2. Texnikaviy topshiriq ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr mulohazalar olish uchun yuborish.
4. Fikr - mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish.
5. Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi
|