|
To‘qqizinchi sxema mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaritsiya hujjatlari bilan birgalikda sertifikatlash tushuniladi
|
bet | 62/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiTo‘qqizinchi sxema mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaritsiya hujjatlari bilan birgalikda sertifikatlash tushuniladi.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema to‘lik bo‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimini yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo‘lgan qonunlar va meyoriy hujjatlar asosida o‘z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o‘tkazish, korxonadagi va savdo shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va shunga o‘xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi.
Takrorlash uchun savollar.
Sertifikatlashtirishning tarixini bilasizmi?
Sertifikat nima?
Respublikamizda sertifikatlashtirishning eng yuqori rivojlanish davri qaysi vaqtlarga to‘g‘ri keladi?
Sertifikatlashtirishda nechta tomon ishtirok etadi?
Respublikamizda nechta sertifikatlashtirish sxemasidan foydalaniladi? Boshqa davlatlarda-chi?
1 – Amaliy mashg‘ulot. “METROLOGIYA TO‘G‘RISIDA”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI O‘RGANISH
Reja:
“Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni o‘rganish.
Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar.
Tayanch so‘zlar: metrologiya, o‘lchash vositasi, davlat etaloni, davlat metrologiya nazorati, metrologik xizmat, metrologik ta’minot va boshqalar
“Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni tuzilmasini qichqacha tahlili
1993 yilning 28 dekabrida ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish” Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonun ustida biroz to‘xtalib o‘tamiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
To‘qqizinchi sxema mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati bo‘lib, mahsulot haqidagi deklaritsiya hujjatlari bilan birgalikda sertifikatlash tushuniladi
|