|
Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) muddatidan oshmasligi lozim
|
bet | 59/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiIshlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) muddatidan oshmasligi lozim.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, so‘rovchi mazkur hujjatda ko‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan sertifikatlash maqsadida SI ga ariza beradi.
Chet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish.
O‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar sertifika-tini so‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar.
Respublikada foydalaniladigan yurtimiz va chetdan keltirilgan mahsulotlariga boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora bo‘lmaganda SMI qabul qiladi.
Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim va kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidaga muvofiq o‘tkaziladi.
Sertifikatni tan olinishi uchun so‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi.
Buyurtmaga sertifikatni tasdiqlangan nushasi va sertifikatlashtirish
xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar va materiallar ilova qilinishi lozim.
Zarur hollarda so‘rovchi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH ning qo‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini taqdim etadi.
Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish (tan olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tan olish jarayonini amalga oshirishda SI mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni to‘liq hajmda ayrim tavsiflari bo‘yicha o‘tkazishni talab qilishi mumkin.
Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha belgilanadi.
Tan olingan taqdirda, O‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq, mahsulotga muvofiqlik sertifikati beriladi va O‘zSMT Davlat reyestriga kiritiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) muddatidan oshmasligi lozim
|