• Mahsulot sertifikatida ishlab chiqarishni tekshirilgan-ligi, sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida yoki sifat tizimini sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida axborot beriladi.
  • Sinov natijalari salbiy bo‘lganida SI so‘rovchiga sertifikatni berishdan bosh tortish sabablarini ko‘rsatilgan xulosani beradi




    Download 124,9 Kb.
    bet58/87
    Sana19.01.2024
    Hajmi124,9 Kb.
    #140840
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi

    Sinov natijalari salbiy bo‘lganida SI so‘rovchiga sertifikatni berishdan bosh tortish sabablarini ko‘rsatilgan xulosani beradi.
    3. Ishlab chiqarish holatini baholash
    Sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarish holatini baholash bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlash-tirishini o‘tkazish tartibi bilan belgilanadi. Baholash natijalari bo‘yicha tekshirish dalolatnomasi tuzilib, sertifikat berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishda u hisobga olinadi.
    Mahsulot sertifikatida ishlab chiqarishni tekshirilgan-ligi, sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida yoki sifat tizimini sertifikatlashtirilganligi to‘g‘risida axborot beriladi.
    4. Muvofiqlik sertifikatini va muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini berish.
    So‘rovchilarga muvofiqlik sertifikatini va sertifikat-lashtirilgan mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini berishni SI, ular bo‘lmasa, SMI amalga oshiradi.
    SI sinov bayonnoma (lari) ni ko‘rib chiqib, ishlab chiqarish holatini baholab va ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish, O`zRH 51-021 “O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi. Davlat reyestrini olib borish qoidalari” da belgilangan O‘z SMT ning Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazadi va so‘rovchiga topshiradi. Sertifikat faqat ro‘yxat raqami bo‘lgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
    Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qaroriga asosan ishlarning murakkabligi darajasiga, ko‘p mehnat talab qilishi va o‘ziga xosligiga qarab, barcha hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda belgilangan.
    Sertifikat berish bo‘yicha hamma ishlarga, shu jumladan buyurtmalarni ko‘rib chiqish, ishlab chiqarishni tekshirish, sinash va tekshiruvchan nazorat, hujjatlarni ro‘yhatdan o‘tkazish va zarur hujjatlarni tarjima qilish va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida dekloratsiyalangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
    Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning o‘ziga xos hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish sharoitlarini, hamda mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish sertifikatlashtirilgan muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga SI belgilaydi.

    Download 124,9 Kb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   87




    Download 124,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinov natijalari salbiy bo‘lganida SI so‘rovchiga sertifikatni berishdan bosh tortish sabablarini ko‘rsatilgan xulosani beradi

    Download 124,9 Kb.