|
-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari
|
bet | 65/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi11-modda. Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan xollarda o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish vametrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
4 bo‘lim quyidagi moddalardan iborat:
12-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini o‘tkazish tartibi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
13-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlari.
Kuyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining obyektlari hisoblanadi: etalonlar, o‘lchov vositalari, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari, axborot-o‘lchov tizimlari, o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlari, metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga obyektlar.
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar.
15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari.
16-modda. O‘lchash vositalarining turlarini tasdiqlash.
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doiralarda foyda-laniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan). yoki metrologik attestasiyadan o‘tkazilishi lozim.
17-modda. O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish.(O‘zR 26.05.2000y 82-2-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda).
Tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxati «O‘zstandart»agentligi tomonidan tasdiqlanadi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism).
18-modda. O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizasiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatiga lisenziya berish.
Ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada ko‘llanilishi mudjin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizasiya qilish va ularning ijarasi bilan shug‘ullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan lisenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar to-monidan amalga oshiriladi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda).
|
| |