|
Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir
|
bet | 68/87 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 124,9 Kb. | | #140840 |
Bog'liq 1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadiIlmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir;
Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarish uslublarining metrologik attestatsiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
Meyoriy-qonuniy asoslari - tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning meyoriy hujjatlari.
Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari:
mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning samaradorligini oshirish;
detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash;
moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish ishonchliligini ta’minlash;
atrof-muhitni himoya qilish;
salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eskport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi.
2.2. Metrologiya va standartlashtirish bo‘yicha xalqaro
tashkilotlar
Turli xalqaro tashkilotlar standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohalarida meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, dunyo mamlakatlarini shu sohalardagi ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va bu sohalar bo‘yicha har xil yordam ko‘rsatish bilan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi, metrologiya sohasida qonunlashti-ruvchi Xalqaro tashkilot, sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti, sinov laboratoriyalarini akkreditlash bo‘yicha Xalqaro konferensiya, G‘arbiy Yevropa mintaqaviy va iqtisodiy tashkilotlari, standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha Arab tashkiloti va boshqalar faol ishlab turibdi.
|
| |