|
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti xst
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 16,6 Kb. | | #247560 |
Bog'liq Iqtisodni yordamchi savollari javoblari
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (XST) (inglizcha: International Organization for Standardization; qisqartmasi ISO) — butun jahon mamlakatlari uchun umumiy boʻlgan (xalqaro) standartlarni ishlab chiqish hamda standartlashtirish sohasida jahon miqyosida hamkorlik qilish bilan shugʻullanadigan nodavlat tashkilot. Londonda 1946-yil taʼsis qilingan. Idorasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga 167 mamlakatning standartlashtirish milliy tashkiloti aʼzo.
Tijorat banklarmimg daromad manbai kreditlardir.Odamlardan omonatga qoygan pullarini foizga kreditga berib pullarni kopaytirib, omonatlarini kopaytirib qaytaradilar va oshgani ozlariga.
Kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganda, mikroqarz kabi kredit mahsulotlar turi qisqa muddatli va har qanday maqsadlar uchun Sizga pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi. Mikroqarzlar 50 mln gacha beriladi.
Inkasso — haridor hisobvaragʻidan pul summasini, olib sotuvchi ixtiyoriga oʻtkazish boʻyicha bank operatsiyalari. Mijozga xizmat koʻrsatish hisob-kitob hujjatlari asosida va haridorning oʻz topshirigʻi bilan amalga oshiriladi. Sotib olinayotgan tovar yoki koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlov turli shakllar (cheklar, veksellar va b.)da boʻlishi mumkin. Sotuvchi-mijoz haridor-mijozga joʻnatgan tovari yoki koʻrsatgan xizmati toʻgʻrisidagi toʻlov talabnomasini I. (toʻlov uchun)ga bank-ka takdim etadi, bank oʻz navbatida mazkur toʻlov operatsiyasi (haridor hisobvaragʻidan sotuvchi hisobvaragʻiga pul oʻtkazish)ni bajaradi va mijozlardan oʻz xizmati uchun foiz undiradi.
Kadastr – muayyan obʼyektlar toʻgʻrisida tartiblashtirilgan aniq va zaruriy maʼlumotlar majmui, roʻyxati, reyestri (mas, yer kadastri, suv kadastri kabilar). Rasmiy davlat organi yoki muassasasi tomonidan tuziladi va yuritiladi. Boshqa davlatlardagi kabi Oʻzbekiston Respublikasida tabiat resurslari, noyob oʻsimlik va hayvonlar K.lari ham bor Oʻzbekiston Respublikasida davlat K.lari yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari K.larini tuzish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasining „Davlat kadastrlari toʻgʻrisida“ qonuni ga muvofiq olib boriladi. Kadastr qiymatini hisoblash qurilgan yili, necha km joy olishi, joylashgan joyi va necha qavatligiga qarab hisoblanadi.
Kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganda, mikroqarz kabi kredit mahsulotlar turi qisqa muddatli va har qanday maqsadlar uchun Sizga pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi
Mikroqarzlar qisqa muddatli va 50 mlngacha beriladi. Kreditlar esa qisqa, orta va uzoq muddatli beriladigan kreditva yana uni 600 mlngacha berishi yo undan ham koproq.
|
| |