• Fanning maqsad va vazifalari
  • Kirish. Fanning maqsad va vazifalari




    Download 58,87 Kb.
    bet1/5
    Sana19.01.2024
    Hajmi58,87 Kb.
    #140922
      1   2   3   4   5

    1-MA’RUZA


    Kirish. Fanning maqsad va vazifalari
    Reja:

    1. Fanning maqsad va vazifalari

    2. Rele himoyasi va avtomatika texnikasining taraqqiyoti

    3. Rele himoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar




    1. Fanning maqsad va vazifalari

    Rele himoyasi energosistemaning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlovchi avtomatikaning bir qismi bo‘lib, elektr sistemasida yuzaga keluvchi shikastlanish va normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik ravishda bartaraf qilish uchun hizmat qiladi. Rele himoyasi himoyalanayotgan energosistema elementining holati va ishlash rejimlarini uzluksiz nazorat qiladi va ularda shikastlanish yoki normal bo‘lmagan rejim yuzaga kelganda ishga tushadi.


    Energosistemada shikastlanish hosil bo‘lganda rele himoyasi shikastlangan elementni aniqlaydi va uni sistemaning shikastlanmagan qismidan shikastlanish toklarini uzishga mo‘ljallangan maxsus o‘chirgichlarga ta’sir qilish yo‘li bilan ajratib qo‘yadi. Normal bo‘lmagan rejim hosil bo‘lganda rele himoyasi normal rejimni tiklash uchun zarur bo‘lgan amallarni bajaradi yoki nazoratchi personalga signal beradi.
    Avtomatika qurilmalari sistemaning normal rejimini tezlik bilan avtomatik ravishda tiklash uchun xizmat qiladi. Asosiy avtomatika qurilmalariga avtomatik qayta ulash (AQU) rezervni avtomatik ulash (RAU) va avtomatik chastotaviy yengillashtirish (ACHYE) kiradi.
    Elektr ta’minoti sistemasining o‘ziga xos xarakterli belgilari, ularda bo‘ladigan jarayonlarning katta tezlikda kechishi va avariya xarakteriga ega bo‘lgan shikastlanishlarning yuzaga kelishi mumkinligidir. Shu sababli elektr ta’minoti sistemasining ishonchli va tejamli ishlashiga avtomatik boshqarish yo‘li bilangina erishish mumkin. Buning uchun har xil avtomatik boshqarish qurilmalari ishlatiladi. Ular orasida asosiy o‘rinladan birini avtomatik rele himoyasi qurilmalari egallaydi.
    Rele himoyasi qurilmalari elektr qurilmalarda shikastlanish yoki anormal rejim yuzaga kelganda ishlaydi. Eng xavfli va ko‘p sodir bo‘ladigan shikastlanish qisqa tutashuvdir. Qisqa tutashuvlar elektr qurilmalarining fazalari orasida yoki neytrali yerga ulangan elektr tarmoqlarida faza bilan yer orasida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuvlar va faza uzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab shikastlanishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Elektr mashinalari va transformatorlarda yuqorida ko‘rsatilgan shikastlanishlardan tashqari bitta faza o‘ramlari orasida ham tutashuv yuzaga kelishi mumkin.
    Qisqa tutashuv natijasida elektr ta’minoti tizimining normal ishlashi buziladi. Jumladan sinxron generatorlar, kompensatorlar va elektr dvigatellarning sinxronizatsiyadan chiqishi va iste’molchilarning ishlash rejimlari buzilishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuv tokining issiqlik va dinamik ta’sirlari ham xavfli bo‘lib hisoblanadi.
    Avariyaning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va shikastlanish oqibatlarini kamaytirish uchun qisqa tutashuvni tezlik bilan aniqlash va shikastlangan elementni uzish zarur. Ayrim hollarda shikastlanish soniyaning ulushlariga teng bo‘lgan vaqt ichida bartaraf qilinishi zarur bo‘ladi. Bunday vazifani inson bajara olmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Shikastlangan elementni aniqlash va uzilishi zarur bo‘lgan vыklyuchatelga ta’sir qilish uchun uzishga ishlovchi rele himoyasi hizmat qiladi.
    Fanni o‘rganishdan asosiy maqsad releli himoya va avtomatika qurilmalarining tarkibiy qismi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ularni ishlatish buyicha ko‘nikmalar hosil qilishdir. Ushbu fanni o‘rgangan talabalar releli himoya, avtomatika va telemexanika qurilmalarining tarkibiy qismlarini elektr ta’minoti tizimlarida qo‘llash, ularni ulanish sxemalarini qurish, sxemalardagi o‘rnatma qiymatlarini hisoblash uchun zarur bilimi va ko‘nikmalargaega bo‘lishlari kerak. Releli himoya, avtomatika va telemexanika moslamalarining vazifalari, ularning tarkibiy qismlari va funksional qismlari bilan tanishish, himoya qurilmalariga quyiladigan asosiy talablarni va ishlash prinsiplarini bilishdan iborat. ETTning RH va A fanining maqsadi RH va A qurilmalarini hisoblash va parametrlarini tanlashga doir texnikaviy masalalarni mustaqil yechish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yordam berishdan iborat.
    Rele himoyasining asosiy elementi bo‘lib maxsus apparat rele hisoblanadi. Ayrim hollarda uzgich va himoya bitta himoya va kommutatsiya qurilmasida birlashtirilgan bo‘ladi, masalan eruvchan saqlagich ko‘rinishida.
    Neytrali yerdan izolyatsiyalangan yoki yoy so‘ndiruvchi reaktor orqali yerga ulangan elektr tarmoqlarida bir fazali yerga tutashuv qisqa tutashuv bo‘lib hisoblanmaydi, ya’ni katta toklarning hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Fazalar orasidagi kuchlanish o‘zgarmaydi va elektr ta’minoti tizimining ishi buzilmaydi. Lekin bunday rejimni normal deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki shikastlanmagan fazalarning yerga nisbatan kuchlanishi ortadi va bir fazali yerga tutashuvning ko‘p fazali qisqa tutashuvga o‘tish xavfi yuzaga keladi. Shu sababli bir fazali yerga tutashuv ma’lum vaqt davomida bartaraf qilinishi zarur. Yerga tutashuvdan rele himoyasi asosan signalga ishlaydi. Faqat ayrim hollarda, masalan, katta quvvatli generatorlarda yoki tog‘-kon sanoati elektr ta’minoti tizimlarida signalga emas balki uzishga ishlaydigan qilib bajariladi.
    Ayrim hollarda elektr qurilmalarining o‘ta yuklanishi yoki tashqi qisqa tutashuvlar ta’sirida normal bo‘lmagan rejimlar yuzaga kelishi mumkin. Bu holda shikastlanmagan elementdan katta toklar o‘tib izolyatsiyaning vaqtidan ilgari eskirishiga va ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Tashqi qisqa tutashuvlar ta’sirida hosil bo‘ladigan katta toklar shikastlangan elementning rele himoyasi ishlagandan keyin uzilishi natijasida bartaraf qilinadi.
    Elektr qurilmalarda o‘ta yuklanishlardan signalga ishlovchi maxsus himoya o‘rnatiladi. Bunday himoya ishlab signal bergandan keyin operativ personal o‘ta yuklanishni bartaraf qilish choralarini ko‘radi. Operativ personal bo‘lmagan podstansiyalarda o‘ta yuklanishlardan rele himoya iste’molchilarning ma’lum qismini uzishga yoki elektr qurilmani manbadan ajratishga ishlaydigan qilib bajariladi.
    Parallel ishlaydigan sinxron elektr mashinalarning tebranish rejimi ham normal bo‘lmagan rejim bo‘lib hisoblanadi. Bunday rejim qisqa tutashuvlar natijasida yuzaga keladi va ayrim sinxron mashinalarning tormozlanishiga hamda boshqalarining tezlanishigaga olib keladi. Natijada tok ortib kuchlanish kamayadi. Tok va kuchlanish ta’sir etuvchi qiymatlarining o‘zgarishi tebranuvchi xarakteriga ega bo‘ladi. Bunday hollarda rele himoyasi uzishga ishlamasligi kerak. Normal rejimni tiklash uchun ayrim hollarda maxsus avariyaga qarshi avtomatika (AQA) qo‘llaniladi. AQA tebranishlar yuzaga kelganda va turg‘unlik buzilganda sistemani sinxron ishlamaydigan qismlarga bo‘lib tashlaydi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ishonchli va uzilishlarsiz ta’minlash uchun faqatgina rele himoyasining o‘zi yetarli emas. Buni quyidagi elektr ta’minotining sxemasi misolida ham ko‘rish mumkin (K.1-rasm). Tarqatish punktining (TP) shinalari odatda ikkita seksiya ko‘rinishda bajariladi. Seksiya orasidagi QZ vыklyuchatel normal rejimda uzilgan bo‘ladi. Ta’minlash manbalari (TM) dan keladigan liniyalar faqat o‘z seksiyalariga ulanadi. TP ni ta’minlovchi liniyalardan biri shikastlanganda va o‘z rele himoyasi ishlab uzilganda u ulangan seksiyaning elektr ta’minoti to‘xtaydi. Elektr ta’minotini rezervni avtomatik ulash (RAU) qurilmasi yordamida seksiya vыklyuchatelni QZ ni ulash yo‘li bilan tiklash mumkin.




    Download 58,87 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 58,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Fanning maqsad va vazifalari

    Download 58,87 Kb.