|
-rasm. Elektr tarmog‘ining sxemasi
|
bet | 5/5 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 58,87 Kb. | | #140922 |
1.2-rasm. Elektr tarmog‘ining sxemasi
b) tezkorlik. Elektr tarmog‘ining shikastlangan elementini tezlik bilan uzish shikastlanish xajmini kamaytiradi yoki oldini oladi, shikastlanmagan elementlarning normal ishlashini saqlab qoladi, generatorlar parallel ishlashining buzilishining oldini oladi.
Energosistemada turg‘unlikni saqlab qolish uchun shikastlanish paydo bo‘lgandan keyin 330-500 kV li tarmoqlarda 0,1 - 0,12s gacha 110- 220 kVli tarmoqlarda 0,15 - 0,3s gacha 6-10 kVli tarmoqlarda 1,5-3 s gacha vaqtda uzish zarur. Ishlash vaqti 0,1-0,2s gacha bo‘lgan himoyalar tez ishlaydigan himoyalar deyiladi;
v) sezgirlik. Himoyaning sezgirligi uning himoya qilish zarur bo‘lgan zonada minimal qisqa tutashuv rejimida va elektr yoyi orqali qisqa tutashuv bo‘lganda ham yetarli bo‘lishi kerak. Himoyaning sezgirligi sezgirlik koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi;
g) ishonchlilik. Himoya faqat o‘zi ishlashi kerak bo‘lgan rejimlarda ishlashi va normal rejimda hamda ishlashi kerak bo‘lmagan rejimlarda noto‘g‘ri ishlamasligi kerak.
Nazorat savollari
Rele himoyasi qanday vazifani bajaradi?
Rele himoyasi qachon ishga tushadi?
Avtomatik qurilmalari nima uchun hizmat qiladi?
Rele himoyasiga qanday asosiy talablar qo‘yiladi?
Avtomatika qurilmalari qanday asosiy qurilmalar kiradi?
Himoyaning tanlash xususiyati deganda nimani tushunasiz?
|
| |