Rele himoyasi va avtomatika texnikasining taraqqiyoti




Download 58,87 Kb.
bet3/5
Sana19.01.2024
Hajmi58,87 Kb.
#140922
1   2   3   4   5

Rele himoyasi va avtomatika texnikasining taraqqiyoti


Elektr sistemasida qisqa tutashuv ko‘pchilik hollarda tokning keskin ortishiga olib keladi. Shu sababli dastlab tok himoyalari ishlatilgan. Bunday himoyalar himoyalanayotgan elementdagi tok oldindan belgilangan tokdan ortib ketganda ishlaydigan qilib bajariladi. Tok himoyasini tayyorlash uchun eruvchan saqlagichlar yoki relelardan foydalanish mumkin. Elektr qurilmalarini qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun eruvchan saqlagichlardan foydalinish XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Ammo, tez orada eruvchan saqlagichlar, ayrim hollarda o‘z vazifasini qoniqarli bajarmasligi ma’lum bo‘lgan va ular elektromagnit tok relelari bilan almashtirila boshlagan. Keyinchalik eruvchan saqlagichlarning konstruksiyalari takomillashtirilib borilgan va ular hozirgi vaqtda ham faqatgina kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr tarmoqlari bilan bir qatorda nisbatan yuqori kuchlanishli tarqatish tarmoqlarida ham muvaffaqiyatli tarzda ishlatilmoqda.


Himoya uchun relelar XX asrning boshlarida keng qo‘llanila boshlagan. Induksion tok relelari 1901 yilda tayyorlangan. Rele himoyasi uchun differinsial tok prinsipi 1905-1908 yillarda ishlab chiqilgan. Yo‘naltirilgan tok himoyalari 1910 yildan qo‘llanila boshlagan. Shu yillarda masofa relelarini tayyorlash yo‘nalishidagi ishlar bajarilgan va ular XX asrning 20 - yillarida masofa himoyalarini tayyorlash imkonini bergan. Rele himoyasida elektronikani, xususan himoyalanayotgan liniya simlari orqali uzatiluvchi yuqori chastotali toklardan foydalanish yo‘nalishidagi birinchi qadamlar 1923-1928 yillarda qo‘yilgan.
Elektr uzatish liniyasi orqali yuqori chastotali signallarni uzatish bo‘yicha mufassal ishlar va liniyaga yuqori chastotali toklarni kiritib tayyorlangan himoyaning tavsifi 1932 yilda e’lon qilingan.
Har xil turdagi relelarni elektron lampalar yordamida tayyorlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning natijalari 1934 yilda e’lon qilingan. Shu yillarda elektron lampalarda masofa himoyasi ishlab chiqarilgan. Lekin bu yo‘nalishdagi keyingi yillarda bajarilgan ishlar himoya qurilmalarida elektron lampalarni qo‘llash istiqbolli emasligini ko‘rsatgan.
To‘g‘rilangan tokda ishlaydigan relelarni bajarish uchun yarim o‘tkazgichlarni, jumladan kuproks va selenli to‘g‘rilagichlarni qo‘llash XX asrning 30 yillaridan boshlangan. Keyinchalik 40-yillarning so‘nggida tranzistorlardan ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan. Yarim o‘tkazgichlar yordamida kontaksiz relelar bilan bir qatorda ayrim rele himoyalari ham tayyorlangan. Analog hisoblash texnikasining elementlari, jumladan operatsion kuchaytirgichlardan rele himoyasining elementlarini tayyorlashda foydalanish 60-yillarda boshlangan. Keyinchalik rele himoyasi va avtomatika qurilmalarining komplekslarini yaratish raqamli hisoblash texnikasi elementlari istiqbolli ekanligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda rele himoyasi va avtomatika qurilmalarini bajarishda vaqt sinovidan o‘tgan elektromexanik elementlar ham, analog va raqamli elementlarda bajarilgan elementlar ham ishlatilmoqda.



  1. Download 58,87 Kb.
1   2   3   4   5




Download 58,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rele himoyasi va avtomatika texnikasining taraqqiyoti

Download 58,87 Kb.